3-mavzu: Alkimyo davri. Reja
Download 479.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. Alkimyo davri.
Arablar. VII asrda jahon sahnasida arablar paydo bo‘lishdi. Shu paytgacha ular
Arabiston yarim orolining cho‘llarida yashar edilar, ammo birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida islom - yangi din bayrog‘i ostida, g‘alabali yurishlar boshlab, Osiyoning g‘arbiy va Afrikaning shimoliy viloyatlarini bostirib olishdi. Eramizdan avvalgi 641 yilda ular Misrga bostirib kirdilar va tezda butun davlatni egallab olishdi, bir necha yildan keyin esa xuddi shunday qilib Fors davlatini ham egalladilar. Ulkan arablar imperiyasi vujudga keldi. Qadimgi hukmdorlarga taqlid qilgan holda, arab xalifalari ham fanlarning taraqqiyotiga boshchilik qildilar va VII-IX asrlarda birinchi arab kimyogarlari paydo bo‘ldi. Arablar khemeia so‘zini “al+khemeua”deb qaytadan nomlashdi. Evropaliklar keyinchalik bu so‘zni arablardan olishib, shundan evropa tillarida “alkimyo” va “alkimyogar” terminlari paydo bo‘lgan. “Alkimyo” termini ishlatilganda, kimyoning 300 yildan 1600 yilgacha bo‘lgan davr tarixi haqida gapiriladi. Khemeia bilan arablar birinchi marta g‘alati bir sharoitda tanishishdi. 670 yilda Konstantinopolda (xristianlar olamida eng katta va kuchli shahar) turgan arab flotining kemalari “greklar olovi” bilan, yonganda kuchli alanga hosil qiladigan va suv yordamida o‘chirib bo‘lmaydigan, kimyoviy aralashma bilan, yondirildi. Aytishlaricha, bu aralashmani khemeia bilan shug‘ullanuvchi, arablardan qutulish maqsadida o‘z vatani Misr (yoki Suriya bo‘lishi mumkin) dan qochgan Kallinik tayyorlagan edi. Evropada kimyoning tarix sahifalari 300 ÷ 1100 yillarni qamrab olgan davr oralig‘i deyarli bo‘m-bo‘shdir. 650 yildan keyin grek-misr alkimyosining rivojlanishini arablar to‘liq nazorat ostiga olishdi, bu besh asr davomida shunday davom etdi. Bu davrning izlari bir qator arabcha negizli kimyoviy terminlarda saqlanib qolgan: alembic (haydash kubi), alkali(ishqor), alcohol (cpirt), carboy (shisha idish), narhta (ligroin),zircon (sirkoniy) va hokazo. Evropada Geber nomi bilan mashhur bo‘lgan, eng iqtidorli va mashhur arab alkimyogari Jobir ibn Xayyon (721-815 yy) edi. U arablar imperiyasining gullab- yashnagan davri (“Ming bir kecha”da tanilgan Xorun al-Rashid davrida) yashagan. Jobir nashatir spirtini tavsiflab berdi va qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoqni tayyorlash usulini ko‘rsatdi. U o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan kislotalardan eng kuchlisi - sirka kislotasini olish usulini yaratgan. U nitrat kislotaning kuchsiz eritmasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Jobir metallarning transmutatsiya imkoniyatlarini o‘rgandi, uning bu tadqiqotlari alkimyogarlarning kelgusi avlodlariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Jobir simobni o‘ziga xos metall deb hisobladi, chunki simob suyuq holatda bo‘lganligi sababli, tarkibida aralashmalar miqdori kam bo‘ladi. Oltingugurt ham xuddi shunday o‘ziga xos xossalarga ega: u alangalanishga qobildir (shuningdek, u oltin kabi sariqdir). Djobir o‘sha davrdama’lum bo‘lgan, qolgan ettita metallning barchasi er qa’rida «etilayotgan» simob va oltingugurt aralashmasidan hosil bo‘ladi, deb hisoblar edi. Ancha mukammal bo‘lgan metall - oltinning hosil bo‘lishi hammasidan ham qiyindir. SHuning uchun, oltinni olish uchun, oltinni “etilishini” tezlatadigan moddani topish kerak edi. Qadimgi naqllarda aytilishicha, bu modda quruq kukun holida bo‘ladi. Greklar uni xerion, ya’ni “quruq” deb atashardi, arablar uni al-iksir deb o‘zgartirishidava nihoyat evropaliklarning tillarida “eleksir” so‘zi paydo bo‘ldi. Evropada bu ajoyib modda falsafiy tosh, degan nomni oldi (1800 yilgacha barcha “olimlar”ni “faylasuf” deb atalishinieslaylik). Eliksir boshqa ajoyib hossalarga ham ega bo‘lishi kerak edi. Masalan, barcha kasalliklardan davolash kerak edi va eng asosiysi mangu, abadiy hayotni berishi 4 kerak edi. Natijada, keyingi yuz yilliklarda alkimyogarlar ikkita parallel bo‘lgan yo‘ldan borishdi: bir xillari – oltinni izlashardi, boshqalari esa – abadiy hayotni bag‘ishlovchi Download 479.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling