3-mavzu. Auditorlik dalillarini yig’ish
Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish
Download 68.5 Kb.
|
3-mavzu. Auditorlik dalillarini yigish
3.8. Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish
Boshqa auditor - asosiy auditordan farqlanadigan va asosiy auditor tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotga kiritilgan sub’ektning tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha hisobot tayyorlashga mas’ul bo’lgan auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga xuddi shu yoki boshqa nom bilan ataladigan affiliilangan firmalar, korrespondent firmalar, shuningdek ushbu kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan auditorlar kiradi. Asosiy auditor boshqa auditor ishidan foydalanilgan taqdirda, asosiy auditor boshqa auditorning ishi auditga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlashi lozim. “Asosiy auditor” - auditi boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan, moliyaviy hisobot sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan taqdirda, sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash uchun mas’uliyatga ega bo’lgan auditor. “Boshqa auditor” - asosiy auditordan farqli va asosiy auditor tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotiga kiritilgan sub’ekt tarkibiy qismining moliyaviy hisoboti bo’yicha hisobot tayyorlash uchun mas’uliyatga ega bo’lgan auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga huddi shu yoki boshqa nom bilan atalgan affiliirlangan firmalar, ushbu kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan firma-korrespondentlar kiritiladi. “Tarkibiy qism” - moliyaviy ma’lumoti asosiy auditor tomonidan o’tkazilgan bo’linma, filial, sho’’ba korxonasi, qo’shma korxona, uyushmalashtirilgan kompaniya yoki boshqa sub’ekt. Auditor o’zining shaxsiy ishtiroki asosiy auditor sifatida harakat qilish uchun etarli ekanligini ko’rib chiqishi lozim. Shu maqsadda asosiy auditor quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim: (a) auditi asosiy auditor tomonidan o’tkazilgan moliyaviy hisobot qismining muhimligi; (b) asosiy auditor tomonidan sub’ekt tarkibiy qismining biznesini bilish darajasi; (v) auditi boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan sub’ekt tarkibiy qismining moliyaviy hisobotidagi muhim noto’g’riliklar tavakkalchiligi; (g) asosiy auditor auditda ahamiyatli ishtirok etishga olib keluvchi boshqa auditor tomonidan sub’ektning tarkibiy qismi auditi yuzasidan xalqaro standartda bayon etilgan qo’shimcha muolajalarni bajarish. Boshqa auditor ishidan foydalanishni rejalashtirganda, asosiy auditor aniq belgilangan topshiriq kontekstida boshqa auditorning kasbiy xabardorligini ko’rib chiqishi lozim. Bunday ko’rib chiqish uchun ma’lumotning ayrim manbai bo’lib kasbiy tashkilotda umum qabul qilingan a’zolik, boshqa firmada umum qabul qilingan a’zolik yoki qandaydir boshqacha aloqadorlik yoki boshqa auditor ishlaydigan kasbiy tashkilotning tavsiyanomasi hisoblanadi. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling