3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish


Avtobuslar harakatini boshqarida o‘zgartirishlar kiritish, yo‘l varqalari va ularning mazmuni


Download 0.73 Mb.
bet5/12
Sana04.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1078002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-mavzu

Avtobuslar harakatini boshqarida o‘zgartirishlar kiritish, yo‘l varqalari va ularning mazmuni
Aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda va transport xizmati bozorida qo‘llaniladigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu harakat muntazamligidir.
Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi avto­buslar harakati tasdiqlangan harakat jadvalidan chetga chiqilganda, harakat sharoiti va kun davomida ayrim yo‘nalishlarda yo‘lovchi oqimi keskin o‘zgarganda qo‘llaniladi.
Avtobus harakatiga nozimlik boshqaruvi avtobus tarmog‘idagi harakatning umumiy holatidan kelib chiqib har bir yo‘nalish bo‘yicha qo‘llaniladi.
Avtobuslarning harakati jadvalda belgilangandan o‘zgarib ketganda uni to‘g‘rilash maqsadida nozimlik xizmati quyidagi usullarni qo‘llaydi:

  1. Avtobusni oxirgi bekatda to‘xtatib turish. Avtobus oxirgi bekatga belgilangandan oldin kelsa, oxirgi bekatda ma’lum bir muddatga to‘xtatib turiladi va keyingi reyslarga o‘z vaqtida jo‘natiladi. Bu holat tez-tez takrorlanaversa yo‘nalish nozimi o‘zining kunlik hisobotida ushbu yo‘nalish jadvalini qayta ko‘rib chiqishni taklif qiladi.

  2. Kechikishni keyingi reysda quvib etish. Agar av­tobus oxirgi bekatga o‘z vaqtida kelmasdan, ma’lum muddatga kechiqib kelsa, kechikishni keyingi reysda quvib o‘tish maqsadida nozim yo‘lovchilarni tashish va harakat xavfsizligiga rioya qilgan holda avtobus tezligini oshirishga ruxsat qiladi. Keyingi reysda quvib o‘tish avtobuslarni kechikishi belgilangan vaqtdan 5%oraliqda bo‘lgandagi holatlarda yo‘nalishdagi qiyinchiliklar va haydovchining malakasini hisobga olib ushbu usul qo‘llaniladi.

  3. Avtobuslarni oxirgi bekatdan jo‘nash oralig‘ini surish. Bitta avtobus yo‘nalishdan chiqib ketsa avtobuslar oralig‘idagi interval ikki barobar oshadi. Buni tuzatish uchun nozim oldingi avtobusning intervalini 1/3 qismigacha tutib turadi. Keyingi avtobusning esa interval vaqtini 1/3 qismiga jadvalda ko‘rsatilgandan oldin jo‘natadi.

4. Avtobuslarni o‘zgartirilgan interval bo‘yicha jo‘natish. Agar yo‘nalishdan ikki yoki undan ortiq avtobus chiqib ketsa, avtobuslar oxirgi bekatdan o‘zgartirilgan interval bo‘yicha jo‘natiladi.
5. Avtobuslarni qisqartirilgan reysga jo‘natish. Agar avtobus oxirgi bekatga kechiqib kelsa, shuningdek, kechikishni keyingi reysda quvib etib bo‘lmasa, avtobus qisqartirilgan reysga jo‘natiladi va keyingi reyslarda harakat jadvaliga mos ravishda harakatlanishini ta’minlaydi.
6. Reys vaqtini tezkor oshirish. Yo‘nalishda avtobusning harakatlanish sharoiti o‘zgarsa, ya’ni: tuman, bo‘ron, sirpanchiq va boshqa shunga o‘xshash holatlarda nozim reys vaqtini tezkorlik bilan 10-20 foizgaoshiradi.
7. Avtobuslarni o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish yoki vaqtinchalik boshqa yo‘nalishga o‘tkazish.
8. Rezervdagi avtobusdan foydalanish. Yo‘nalishdan ba’zi bir sabablarga ko‘ra chiqib ketgan avtobus o‘rni rezervda saqlanayotgan avtobuslar bilan to‘ldiriladi. Harakat doimiyligini saqlash uchun avtokorxona rezervda avtobus saqlaydi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling