3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish
Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi
Download 0.73 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘lovchilar tashuvchi avtokorxona katta nozimining mansab yo‘riqnomasi
Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi
Nozimlik hisobati tahlili ma’lumotlari asosida nozimlik xizmati harakatni tashkil qilish rejasini takomillashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni kiritadi. Ushbu tavsiyalar nozimlik yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Nozimlik xizmati ishining sifatini ta’minlash uchun unda ishlayotgan har bir xodimning mansab yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Yo‘lovchilar tashuvchi avtokorxona katta nozimining mansab yo‘riqnomasi 1. Katta nozim tasarruf bo‘yicha boshliq muovini va tasarruf bo‘limi etakchi mutaxassisga bo‘ysunadi. Katta nozimga navbatchi nozimlar, avtobus haydovchilari va bilet sotuvchilar bo‘ysunadi. 2. Katta nozimni vazifasiga tayinlash, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish tasarruf bo‘yicha boshliq muovinini tavsiyasiga asosan avtokorxona boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 3. Katta nozim vazifasiga ko‘ra o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi kerak yoki avtomobil transportida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘rta ma’lumotli shaxslar tayinlanadi. 4. Katta nozim quyidagilarni bilishi zarur: - avtotransport harakatlanuvchi tarkibini texnik tasarruf qilish qoidalarini; - maxsus tashuvlar qoidalarini (bolalarni ommaviy tashish, sayohatchilarga xizmat ko‘satish, aholini ommaviy dam olish joylariga olib chiqish, aholini kuzgi hosilni yig‘im-terimiga olib borish qoidalarini ) bilish. - shtamp soatdan foydalanish qoidalarini bilish. - avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda va bagajlarni tashishda qo‘llanilidigan tariflarni bilish. - bajarilgan qatnovlarni hisobga oluvchi yo‘riqnomani va qatnovlarni baholashni bilish. - avtokorxona tasarrufidagi marshrutlar chizmasini va avtosaflar bo‘yicha yo‘nalishlar jadvalini bilish. - avtokorxonani tasarruf faoliyati bo‘yicha berilgan asosiy kunlik va oylik reja ko‘rsatkichlarni bilish. - uyushmaning harakat tarkibini ishini tartibga soluvchi buyruqlar va me’yoriy xujjatlarni bilish. - tasarruf xizmati bo‘limida tuziladigan tezkor-texnik xujjatlarni tuzish tartibini bilish . - nozimlar, avtobus haydovchisi, chipta sotuvchilarni mansab yo‘riqnomalarini bilish. - o‘zining mansab yo‘riqnomasini bilish. - nozimalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiya etish. - nozimlarni oylik mukofoti miqdorini kamaytirish yoki umuman mahrum etish to‘g‘risida va intizomiy choralarni ko‘rish uchun avtokorxona rahbariyatiga tavsiya qilish. - ishlab chiqarish va mehnat intizomini buzgan haydovchilar, chiptachilar, murabbiylar, trafaretchilarni intizomiy jazoga tortish uchun tavsiya berish. Yo‘lovchi tashuvchi avtokorxona navbatchi nozimining mansab yo‘riqnomasi Navbatchi nozim katta nozimga bo‘ysunadi. Katta nozim yo‘q paytida to‘g‘ridan to‘g‘ri tasarruf bo‘limii boshlig‘i yoki tasarruf bo‘limi etakchi mutaxasisiga bo‘ysunadi. Navbatchi nozimni ishga tayinlash, ishdan bo‘shatish tasarruf bo‘lim boshlig‘i yoki tasarruf bo‘yicha boshliq muovini tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi. Avtokorxona rahbari tomonidan tuzilgan jadval asosida navbatchilik qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling