3-mavzu: bilish nazariyasi. Mantiq reja
Download 143.57 Kb.
|
3-mavzu bilish nazariyasi. Mantiq reja
Bilish metodologiyasi. Metodlarning tasnifi. Hozirgi zamon metodologiyasi. Tizim, tizimli yondashuv, tizimli tahlil tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Tizim dinamikasi.
Bilishning metodologik tamoyillari – bu har bir falsafiy nazariyaning eng umumiy, tizimiy elementlaridir. Bir tomondan, bunday tamoyillar tizimining shakllanishi bu falsafiy tafakkurning yuqori darajada rivojlanganligining ko‘rsatkichidir. Chunki bunday tizim tarkibida falsafa va fan taraqqiyotida yaratilgan bilimlar yig‘iladi va sintez qilinadi. Ikkinchi tomondan falsafiy nazariyaning kvintessensiyasini, mohiyatini va eng asosiy mazmunini tashkil qiluvchi metodologik tamoyillar tizimi falsafa kelgusi rivojining sermaxsul quroli va vositasi bo‘lib hizmat qiladi. Falsafiy ta'limotning metodologik tamoyillar tizimi uning yalpi boyligi va evristik ahamiyatini eng kuchli, sintetik va umumlashgan tarzda ifoda etadi. Turli falsafiy tizimlar turli falsafiy metodologik tamoyillarga asoslanadi. Biz dialektik falsafaning metodologik tamoyillarini bayon qilishga harakat qilamiz. Dialektik falsafada metodologik tamoyillar elementlari o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta'sir qiluvchi birbutun izchil tizimni tashkil qiladi. Bu tamoyillar mazmuni o‘zgarmas, qotib qolgan emas va falsafa, fan, amaliyot yutuqlari asosida yangilanib, boyitilib va konkretlashtirib boriladi. Asrlar mobaynida insoniyat ongida rivojlanish g‘oyasi shakllanib kelgandir. Dastlab bu g‘oya bir hodisaning vujudgakelishi va boshqasiga aylanishi haqidagi tasavvur shaklida uyg‘ongan. Bunday aylanishni esa yopiq doira shaklida, ya'ni bir narsaning qayta ana shu narsaning o‘ziga aylanishi tarzida tushunishgan. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma'lum muddat o‘tgach «o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Davriylik g‘oyasiga qarama-qarshi ravishda o‘rta asrlarda vaqtning o‘z yo‘nalishiga egaligi, orqaga qaytmasligi haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. Xristian falsafasida inson tarixining tug‘ilishidan o‘limiga tomon yo‘nalganligi haqidagi g‘oya shakllandi. Avreliy Avgustin odamning tug‘ilishini tarixning boshlanishiga, uning o‘limini esa - qiyomat kuni bilan taqqoslagan. Islom falsafasida vaqtning manguligi, uning azaliyligi va abadiyligi majmuasidan iboratligi, xudoning manguligi va azaliyligi, odamning yaratilganligi va o‘tkinchiligi, ruhning odamga berilganligi va abadiyligi haqidagi g‘oyalar vujudga keldi. Bu fikrlar rivojlanishini o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘nalgan jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim g‘oyalardir. Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o‘zgarishi natijasida bir miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa o‘zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi. Shu tariqa o‘zgarish sistemaning yaxlit o‘zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) sababchi bo‘ladi, ya'ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning oqishi nuqtai nazaridan izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon o‘tgan zamonning aylangan holati, va kelgusi zamonning aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi o‘zining yo‘nalishiga egadir. Sistema paydo bo‘lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir bo‘ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo‘naladi. Bu esa, rivojlanish – yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘zgarishdir, degan xulosani beradi. Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq sistemaning o‘zi bo‘lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan yonma-yon yashayotgan boshqa qo‘shni sistemalar bilan o‘zaro aloqadorlikka kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va tashqi aloqalarning) kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan sistema har tomonlama o‘zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil o‘zgarishlar esa orqaga qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa kelib chiqadi. Dastlab «metafizika» atamasining ma'nosi hozirgisidan boshqacha bo‘lgan. Eramizdan avvalgi birinchi asrda Rodoslik Andronnik Arastu qo‘lyozmalarini sistemalashtirib, uning fizika to‘g‘risidagi traktatlari guruhidan keyin uning bir kator boshqa mavzudagi asarlarini joylashtiradi. Bularni Arastuning o‘zi «ilk falsafa» deb atagan edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini aqliy bilish to‘g‘risidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «metafizika» deb ataydi (yunon tilidagi aynan ma'nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). Shu an'anaga binoan keyingi zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham «metafizika» deganda borliq va bilishning oliy asoslari to‘g‘risidagi falsafiy tadqiqotlarni tushunganlar. Metafizikani ana shunday tushunishni Yangi zamon falsafasiga qadar uchratamiz. Shu bilan birga «metafizika» tushunchasi boshqacha ma'no ham kashf etadi. Ko‘pincha mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni to‘la-to‘kis izohlangan deb ko‘rsatishga intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki Dialektika bilan metafizikaning muqobilligi to‘g‘risida gapirganda biz metafizikaga dialektikani faqat cheklangan doiradagina, ya'ni bilish konsepsiyalari doirasidagina qarama-qarshi qo‘ya olishimizni nazarda tutmoq kerak. Metafizikaning manbai nimada? Inson bilimi dastlabki bosqichlarda jonli dunyoni soddalashtiradi, dag‘allashtiradi, jonsizlantiradi. Masalan, jonli tabiatni o‘rganmoq uchun biz uni jonsizlantiramiz, so‘ngra alohida qismlarga ajratamiz. Bu qismlarni o‘rganamiz va biz jonli narsaning nimaligini bilib oldik deb o‘ylaymiz. Lekin biz boshqacha yo‘l tuta olmaymiz, chunki biz bir butun qanday qismlardan iborat ekanligini bilmay turib uning mohiyatini bila olmaymiz. Bizning bilimimiz shunday tuzilgan. Bilish tarixida shunday bosqich bo‘lganki, unda olimlar va faylasuflar birbutunni bunday dag‘allashtirish, jonsizlantirish va qismlarga ajratish bosqichini absolyutlashtirib yuborganlar, buzilgan bir butunni birlashtirish, sintezlash, tiklash yo‘lidan bormaganlar. Dialektikaga qarama-qarshi o‘laroq, metafizikaning bilish prinsipi sifatidagi manbalari ana shulardan iborat. Materiyaning o‘z-o‘zidan tashkil topishi haqidagi tasavvurlarni uning harakati va rivojlanishi haqidagi tasavvurlar sifatida o‘rganish falsafaning an'anaviy muammosidir. O‘z-o‘zidan tashkil topish – bu ob'ektning komponentlarining faqat ichki aloqalari hisobidan va o‘tmish tarixiga muvofiq kollektiv harakati natijasida vujudga kelishidir. Rivojlanish, murakkablashish va o‘z-o‘zidan tashkil topish jarayonlari uzoq vaqtgacha faqat jonli tizimlar bilan bog‘lab kelindi. Jonsiz tabiatda o‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining kashf etilishi ko‘pgina jarayonlarga yangicha qarashga imkon berdi, jonsizdan jonlikka o‘tish mexanizmi to‘g‘risidagi bilimni boyitdi. Bu jihatdan sinergetika nomini olgan yangi ilmiy yo‘nalish doirasida ishlab chiqilayotgan g‘oyalar diqqatga sazovordir. Sinergetika o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot jarayonining universal komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan tashkil topish nazariyasi uchun shu qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu fanning asosiy masalasini u bilan bog‘laydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir prinsipga bo‘ysunib, suyuqlikdagi tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy guruhlarni tashkil etishi kerak?». O‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng ko‘lami sinergetikada postulat qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim sohalarida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf etishi natijasidir. Shu tufayli sinergetika alohida fan g‘oyalarining yig‘indisi sifatida emas, balki fizik, ximik, biolog va matematik o‘z materialini ko‘radigan umumiy qarashlar tizimi sifatida va, aksincha, bulardan har biri, o‘z fani metodini qo‘llab, sinergetikaning rivojlanishiga biron bir tarzda hissa qo‘shadi. «Men yangi fanni «sinergetika» deb atadim, bunga sabab, - deb yozadi G. Xaken,-unda tizimlarning ko‘pgina elementlarining birgalikdagi harakati tadqiq etilishigina emas, balki o‘z-o‘zidan tashkil topishni boshqaruvchi umumiy prinsiplarni topish uchun ko‘pgina turli-tuman fanlarning kooperatsiyalashuvi zarurligidir». Download 143.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling