3-mavzu: Biznes faoliyati yo‘nalishlarini tanlash, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish


Biznesning qaysi turini tanlagan ma’qul?


Download 236.77 Kb.
bet5/13
Sana09.06.2023
Hajmi236.77 Kb.
#1466813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-mavzu (1)[1]

Biznesning qaysi turini tanlagan ma’qul?

Biror korxonaga egalik qilish, do‘konni boshqarish, o‘z ishini boshlashni orzu qilmaydigan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, ishdan keyin charchab uyga qaytayotganda, rahbar bilan kelisholmay qolganda, tuzukroq ish topolmay qiynalib yurganda shunday fikrlar xayollarni chulg‘aydi.


O‘zingni oq ko‘ylak, kostyum-shimda, yap-yangi yarqirab turgan qimmatbaho mashinada, atrofing to‘la odam, hammasi buyruqlaringni bajarib yurganday his qilasan. Cho‘ntaging esa mullajiring bilan to‘la... Hayotda emas, ertakdagidek yurishing ko‘z oldinga keladi. Sizni ham shunday orzu-xayollar hayotingiz mobaynida bir marta bo‘lsa ham o‘z olami sari yetaklagani tayin.
Ammo o‘z ishini ochib, uni yurgizish oson emasligini hamma biladi. Olma pish - og‘zimga tush, deb o‘tiravergan bilan ish bitmasligini ham. Buning uchun jiddiy yondashuv, mashaqqatli mehnat talab etiladi. Yeng shimarib ishga kirishishdan oldin esa, biznesning aynan qaysi turi sizga to‘g‘ri kelishini aniqlashtirib olish talab etiladi.



Biznesning qaysi turi: asosiy masalalar
Kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi firmalarning aksariyati omadi yurishmasligining asosiy sababini bilasizmi? Buning sababi: odamlar daromadli ishni boshini tutish qay darajada murakkab ekani, buning uchun qancha vaqt talab etilishi, qancha mehnat qilish kerakligi va tayyorgarlik jarayoni qanchalik jiddiy bo‘lishi kerakligini tasavvur qila olishmaydi.
Biznesning aynan sizga mosini tanlash uchun quyidagilarni inobatga olish zarur:
1. Bozorda bu mahsulot/xizmat turiga bo‘lgan talab.
Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari hammaga har doim kerak. Baliqchilik anjomlari esa faqat tor doiradagi odamlarga vaqti-vaqti bilan asqatishi mumkin.
2. Sohaning bandlik darajasi.
Agar siz yashaydigan hududda har 5 metr masofada dorixona joylashgan bo‘lsa, yana bitta shunday muassasa qurishga hech qanday hojat yo‘q.
3. Tovar narxining olinishi mumkin bo‘lgan daromad bilan o‘zaro nisbati.
5 mln. so‘m topish uchun nechta paypoq sotishingiz kerak? Sport kiyimlarini-chi? Paltolarni-chi?

4. Sohadan qanchalik boxabar ekaningiz.


Masalan, karemat va koridor o‘rtasidagi farq qanday bo‘lishini bilmasangiz, sayyohlik tovarlari do‘konlarini ochishingizning hojati yo‘q. Avval nazariya bilan tanishib chiqing. Sotuvchi bilsa bo‘ldi-da, deb unga ishonish yaramaydi.
5. Siz ishlamoqchi bo‘lgan hudud aholisining darajasi.
Masalan, qishloq joyda Yevropa standartlari asosida qurilgan qimmatbaho tamaddixonaga hech kim kirmaydi. Kafe, choyxona, veterinar klinika esa odamlar bilan gavjum joyga aylanish ehtimoli ancha katta.
6. Tovarning barcha mavsumlarga mosligi.
Ishlab chiqariladigan tovar yilning barcha fasllarida ommabop bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Masalan, karnaval kostyumlari asosan bayramlar arafasida sotib olinadi.
7. Hisob-kitoblar.
Qancha pul sarflab qancha daromad qilishingizni oldindan hisoblab chiqishingiz kerak. Kommunal xizmatlar to‘lovlari, xodimlarning maoshlari, soliqlar, kerakli materiallar va tovarlarga ishlatiladigan mablag‘larni chiqarib tashlaysiz.




Download 236.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling