3-mavzu: Biznes faoliyati yo‘nalishlarini tanlash, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish


Masalan, odamlarga doim zarur bo‘lgan narsalar


Download 236.77 Kb.
bet7/13
Sana09.06.2023
Hajmi236.77 Kb.
#1466813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
3-mavzu (1)[1]

Masalan, odamlarga doim zarur bo‘lgan narsalar:

Oddiy yoki g‘ayrioddiy
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ommabop bo‘lgan yo‘nalishlardan birini tanlash (agar taklif talabdan ortiq bo‘lmasa) yo bo‘lmasa, o‘ziga xos yo‘nalishni kashf etish kerak.
Agar sarmoyadorlar muayyan yo‘nalish uchun pul ajratishni istamasa yoki mijozlar uni sotib olishmasa bunga faqat quyidagi uchta sabab “aybdor”dir:
1. Siz sotish usullarini yaxshi bilmaysiz;
2. Siz qanday mahsulot sotishni bilmaysiz;
3. Siz kimga sotishni bilmaysiz.
Katta mablag‘larsiz biznes boshlashning yaxshi imkoniyatlaridan biri — internet do‘kon. Rivojlangan davlatlarda axborot texnologiyalari shunchalik kundalik turmush tarziga singib ketganki, usiz bir lahzani ham tasavvur eta olishmaydi.
Internetga kirib istagan mahsulotlarini tanlashadi va zum o‘tmay, uddaburro tadbirkorlar tovarni mijozning xonadoni ostonasiga eltib berishadi. Bozorma-bozor, do‘konma - do‘kon aylanib, izlab yurishning esa hech qanday hojati yo‘q.
Kattaroq tovarlardan - televizormi, kir yuvish mashinasi kabilarni uyga qaysi mashinada olib kelaman deb bosh qotirib o‘tirishmaydi ham. Eng qizig‘i, bunday usulda olingan tovar do‘konlardagidan ancha arzonga ham tushadi.
Tadbirkorlikni boshlashdagi eng asosiy qiyinchiliklardan biri odamlarning ishonchini qozona olish. Endigina bozorga kirib kelgan “yangilarning” oyoqqa turib olishi uchun ancha-muncha vaqt ketadi. Ammo boshqa biror kimsa taklif eta olmaydigan usullarni o‘ylab topsangiz, marra sizniki! Muvaffaqiyat qozonishingiz turgan gap.
Shunday qilib, o‘zingizga mos bo‘lgan biznes sohasini tanlab olgach, sizni qiziqtirayotgan g‘oyalarning qaysi birini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lishini aniqlash uchun ularning iqtisodiy samaradorligini taxlil qiling va ulardan eng qulayini tanlang. Tadbirkorlik g‘oyasini iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi mezonlardan biri foydadir. Foyda balans va sof foydaga bo‘linadi.
Balans foyda mahsulotni sotishdan keladigan tushum bilan ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlarning ayirmasi sifatida aniqlanadi:
(1) Sof foyda esa, balans foydadan soliq to‘lovlari ayirmasiga teng:
(2)
Rentabellik quyidagicha aniqlanadi.
(3)
Kapital qo‘yilmalar TG‘ samaradorligida muhim o‘rin tutadi. Tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlayotgan kishilar uchun kamroq kapital qo‘yilma talab qiladigan sohalar - konsalting, servis, savdo, vositachilik, reklama xizmatlaridan boshlash qulaylik tudiradi.
Kapital qo‘yilmalar quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik quyidagi ketma-ketlikda taxlil qilingan:

  1. O‘z biznesingizni tashkil qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari (X1) ni hisoblang.

  2. Mahsulot (xizmat) ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish bazasini yaratishga sarflangan xarajatlarni (kapital qo‘yilma) (X2) hisoblang.

  3. Mahsulot (xizmat)ni ishlab chiqarish joriy xarajatlarini (X3) hisoblang.

  4. Mahsulot (xizmat)ni sotish xarajatini (X4) hisoblang.

Shunday qilib,

yoki

bunda,
N - mahsulot miqdori.


  1. Mahsulot (xizmat) bahosini belgilang.

  2. Kutilayotgan tushumni (T) hisoblang.

  3. Kutilayotgan balans foydani (Fb) hisoblang.

  4. Balans foydadan to‘lanadigan soliq va to‘lovlarni (S) hisoblang.

  5. Sof foydani (Fs) aniqlang.

  6. Bordiy-u, hisob-kitoblar sof foydaga erishilmaganligini ko‘rsatsa, u holda tanlangan g‘oya samarasiz hisoblanadi yoki sotish narxini o‘zgartirgan holda hisoblar qaytadan qilinadi.


Download 236.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling