3-Mavzu: Biznes huquqi sub’ektlari. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish


Download 179.5 Kb.
bet4/16
Sana01.03.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1241447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-mavzu

Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Davlatning boshqaruv sohasidagi roli inkor etilsa, ma’muriy buyruqbozlik tizimidan iqtisodiyotning bozor tamoyillariga o‘tishini ta’minlash qiyin kechadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bozor munosabatlari me’yori mustahkamlanib, islohotlarning ortga qaytmasligi ta’minlanib borgan sari davlatning ta’siri ham shunga muvofiq ravishda izchillik bilan kamayib boraveradi”. [I.A.Karimov. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari taraqqiyot kafolatlari”. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 199. 189-bet.]
Shu nuqtayi nazardan davlat iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning hamma sohalarini o‘zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishni ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Bu esa bozor sharoitida iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarish va tartibga solish hamda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bevosita huquqiy vositalar yordamida hal etishga imkoniyat yaratadi.
Davlat tadbirkorlik huquqi subyektlariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega.
T adbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlat bir vaqtning o‘zida boshqa tadbirkorlik huquqining subyektlaridan farq qiladi.
Masalan: Davlat iqtisodiy munosabatlarga kirishar ekan, boshqa subyektlar kabi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olishi talab etilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyotga rahbarlik qilishni yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishi ham unga xos bo‘lgan xususiyatlardan bo‘lib hisoblanadi.
Davlatning tadbirkorlik huquqi subyektlari qatoriga qo‘shmaslik, tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda ko‘pgina noaniqliklarning kelib chiqishiga, bu boradagi masalalarni qaysi huquq sohasi normalari bilan tartibga solinishi lozimligi to‘g‘risidagi masalalarda chalkashliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lar edi. Davlatning tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini birma-bir tahlil qilishga harakat qilamiz.
Amaldagi qonunlarimizga muvofiq xususiy va ommaviy mulk shakllari mavjud. Ommaviy mulk davlat mulkidan iborat bo‘lib, u ikki xil turdagi mulkdan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi mulki va munitsipal mulkdan tashkil topadi.
Yuqoridagi mol-mulklar asosida davlat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi va ularni o‘z organlari orqali korxonalarning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga berib, yangi subyekt korxonalarni tashkil etadi. Shuningdek, mulkdor sifatida davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish masalalarini o‘zining maxsus organlari vakolatiga bergan.
D avlat mulki bo‘lgan maxsus obyekt davlat xazinasiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat kreditor hisoblanadi. Shuningdek, davlat nomidan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha g‘azna mablag‘lari hisobidan javobgar hisoblanadi. Davlatning vakolati tadbirkorlik subyektlariga nisbatan boshqaruv faoliyati hisoblanadi.
Davlat insonlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirishdek ulkan vazifani bajarish maqsadida erkinlik asosidagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bir vaqtda hisob-kitob yuritish, moliya, soliq, subyektlar imtiyozlari kabi institutlarni tartibga solish ishini olib boradi va ular yagona dastur sifatida ko‘rinadi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usuli umumiy va alohida asoslarda amalga oshiriladi. Umumiy asos qonun chiqarish hisoblansa, alohida asosda turli-tuman sohalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ya’ni iqtisodiy faoliyatning turli jihatlarini tartibga soladi.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling