3 mavzu: Biznes sub’ektlarining manfaatli tomonlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yuzasidan savol-javoblar


Download 18.75 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi18.75 Kb.
#1452068
Bog'liq
3 - mavzu boyicha amaliy mashg`ulotlar


3 mavzu: Biznes sub’ektlarining manfaatli tomonlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yuzasidan savol-javoblar:



  1. Biznes yuritishdagi manfaatdor tomonlar deb kimlarga aytiladi?

Biznes yuritish natijasida ma’lum bir ulushga ega bo‘luvchi tomonlarga manfaatdor tomonlar deyiladi.



  1. Manfaatdor tomonlarni biznesga aloqasiga qarab necha turga bo‘lish mumkin?

Ikki turga: Ichki manfaatdor tomonlar va tashqi manfaatdor tomonlar



  1. Ichki manfaatdor tomonlarga kimlar kiradi?

Ichki manfaatdor tomonlarga mulk egalari, korxona ijrochi raxbari, menejerlar, bo‘limlar boshliqlari, xodimlar.



  1. Tashqi manfaatdor tomonlarga kimlar kiradi?

Tashqi manfaatdor tomonlarga: Banklar, investorlar, tashqaridan jalb qilingan xamkorlar, soliq organlari, birjalar, qimmatbaho qog‘ozlar depozitariylari(saqlovchilari), ommaviy axborot vositalari, keng xalq ommasi.



  1. Steykxolderlar kimlar?

Manfaatdor tomonlar. U quyidagi ikkita ma’noni anglatadi: - tor ma’noda - korxonaning ustav kapitalida ulushga ega bo‘lgan shaxs; - keng ma’noda - korxona faoliyatining moliyaviy, ijtimoiy yoki boshqa natijalaridan manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs”



  1. Xalqaro tushunchadagi steyxolderlarga kimlar kiradi?

Korporatsiya faoliyatining asosiy steykxolderlari va potensial foyda oluvchilari: kompaniya egalari; xaridorlari; mol yetkazib beruvchilari; xodimlari; mahalliy hamjamiyat; turli keng jamoatchilik; davlat va boshqalar kiradi.

  1. Steykxolderlar guruhi kompaniyaga nisbatan qanday ta’sirga ega?

Bunda steykxolderlarga kompaniyani maqsadlariga erishishiga yordam beruvchi yoki umuman faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan guruh sifatida qaraladi.



  1. Steyxolderlarni Nyubould va Luffmanlarning fikriga ko‘ra qanday guruhlash to‘g‘ri bo‘ladi?

Nyubould va Luffman steykxolderlarni to‘rtta asosiy toifaga ajratgan holda quyidagi aralash guruhlashni taklif qilgan:
1) korxonani moliyalashtiruvchi ta’sir guruhlari (masalan, aksiyadorlar);
2) korxona menejerlari;
3) korxona xodimlari;
4) iqtisodiy hamkorlar.



  1. D. Vud korporativ ijtimoiy faoliyat modelining mantig‘iga asoslanib, manfaatdor tomonlar (steykxolderlar)ni qanday guruhlarga ajratgan?

D. Vud korporativ ijtimoiy faoliyat modelining mantig‘iga asoslanib, manfaatdor tomonlar (steykxolderlar)ning uchta muhim rolini shakllantirgan.


Unga ko‘ra steykxolderlar:
1) firmaning faoliyati maqul yoki nomaqul ekanligini belgilab beruvchi manfaatlarning manbai hisoblanadi;
2) kompaniyaning korporativ xatti-harakati natijalarini his qiladi, ya’ni korporativ harakatlar va ularning natijalarini qabul qiluvchisi hisoblanadi;
3) firmalar faoliyatini kutilganiga mos kelishi darajasi va (yoki) ularning faoliyati ma’lum bir muhitda guruhlar va tashkilotlarga ta’sir qilish darajasini baholaydi.



  1. I. Fassin esa manfaatdor tomonlarni qanday guruhlarga ajratgan?

I. Fassin esa manfaatdor tomonlarni guruhlash bo‘yicha o‘ziga xos yondashib, quyidagi uchta guruhni ajratgan:


1. Kompaniya faoliyatidan ma’lum bir manfaatlar ko‘zlaydigan steykxolderlar — mulk egalari, xaridorlar, xodimlar, mahalliy jamoatchilik. Ularni kompaniya bilan bo‘lgan munosabatlari «vakolat» va «ta’sir» nuqtai nazaridan o‘zaro muvozanat xususiyatiga ega.
2. Kompaniya faoliyatidan shaxsiy manfaat ko‘zlamaydigan «manfaat himoyachilari» (steykvotcherslar). Ular haqiqiy manfaatdor tomonlarni himoya qiladi. Ularga kasaba uyushmalari, iste’molchilar jamiyatlari, ekologiya tashkilotlari va boshqalar kirishi mumkin. Steykvotcherslar kompaniyaga ta’sir qilish uchun muayyan kuchga ega bo‘lsa-da jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
3. Mustaqil tartibga soluvchi agentlar sifatida kompaniya faoliyatidan shaxsiy manfaat ko‘zlasa-da uning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan «Manfaat himoyachilari» (steykkiperslar). Steykkiperslarga davlat, sud va sertifikatlashtirish organlari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar kiradi.



  1. Xar bir guruhdagi steykxolderlarning maqsadi va manfaati bir xil bo‘ladimi?

Har bir guruhdagi steykxolderlarning ko‘zlayotgan maqsadi, manfaati va ta’siri ko‘pincha bir biriga teskari bo‘lishi ham mumkin.



  1. Umuman Steykxolderlar guruhiga kimlarni kiritish mumkin?

Steykxolderlar guruhiga: davlat (Soliq to‘lash, mamlakat xavfsizligi va himoyasini ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning rag‘batlantirish, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, investitsiyalarni jalb qilish);


Mahalliy davlat organlari (Kompaniyaning barqarorligi, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi, yangi ish o‘rinlari yaratishi va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishi);
Jamoatchilik (Muayyan turmush va sog‘liqni saqlash darajasini ta’minlash, atrofmuhitga ifloslantiruvchi moddalarni kam miqdorda chiqarilishiga erishish, energiyadan samarali foydalanish);
Mulk egalari (Kompaniyani uzoq muddat samarali faoliyat ko‘rsatishi, kapitalni ko‘paytirish, hozirgi kunda va kelajakda dividendlar olish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish);
Kompaniya hamkorlari (Kompaniyaning barqarorligi, ishonchliligi, to‘lov qobiliyati, o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar);
Menejerlar (Kompaniyaning barqarorligi va uning mavqei, yuqori daromad olish, hokimiyatga ega bo‘lish, karerasini o‘sishi);
Xodimlar (Kompaniya barqarorligi, barqaror ish joyi, munosib ish haqi, yaxshi ish sharoiti, ijtimoiy xizmatlar, o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoitlarni yaratilishi);
Xaridorlar (Maqbul narxlar, sifat, mahsulotlar haqida aniq ma’lumotlar) kirishi mumkin.

  1. Steyxolderlar o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkinmi?

Har doim ham manfaatlar biri biriga mos kelmasligi, o‘rtadagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik xarakteriga ega bo‘lmasligi va hatto ular raqobatchiga aylanishi ham mumkin.

  1. Manfaatdor tomonlar oldidagi biznesning asosiy maqsadi nima?

Biznesning asosiy maqsadi barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.

  1. Ta’sir etuvchi guruh va tartibga soluvchi guruh deganda nimani tushunasiz?

  2. I.Fassin steykxolderlar guruhi, ya’ni ta’sir etuvchi guruhlar va tartibga soluvchilarga asoslangan yangi kategorizatsiyani taklif qilgan. U R.Mitchell va D.Vudni tipologiyasiga asoslanib, ta’sir etuvchi guruhlarni steykvocherlar, tartibga soluvchi tomonlarni esa steykkiperlar deb atagan.

  3. Steykvocherlar kimlar?

Ta’sir etuvchi guruhlar.

  1. Steykkiperlar kimlar?

Tartibga soluvchi tomonlar

  1. Kompaniya steykvocherlar va steykkiperlar oldida javobgar bo‘ladimi?

Steykvocherlar va steykkiperlar aloxida bir mustaqil guruhlar hisoblanganligi sababli kompaniya ularga kam ta’sir ko‘rsatadi va ularni oldida qonuniy javobgarlikka ega bo‘lmaydi.

  1. Steykkiperlarning ta’siri nimaga asoslangan?

Steykkiperlarning ta’siri ma’lum bir huquqiy bazaga asoslanadi. Barcha kompaniyalar xodimlari o‘z kasaba uyushmalari (steykvocherlar)ga ega. Xodimlar va kasaba uyushmalariga steykkiperlar (misol uchun, sud organlari sifatida) ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Steykkiperlar funksiyasi nimalardan iborat?

Steykkiperlar kompaniya va uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini nazorat qiladi. Ularga asosan davlat organlari kiradi.
Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling