- «Funktsiya» - bu lotincha so’z bo’lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi, degan ma'nolarni bildiradi.
- «Vazifa» - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, kuzda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab amal.
- «Funktsiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan tor ma'noga ega. Zero, funktsiya faqat uz faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. «Vazifa» esa o’z faoliyati doirasidan tashqarida ham bulishi mumkin.
Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu obektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi. - Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu obektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.
- Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ular mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’gri tashkil qilishning muhim shartidir.
- Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatini tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida:
- loyihalash,
- konstruktorlik,
- rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi.
- Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash ya'ni:
- mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
- asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: - Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
- ishlab chiqarish vositalari, texnika,
- xom -ashyo,
- elektr quvvati,
- transport kabi moddiy ta'minot vositalari zarur.
- Shundan keyin:
- qadrni tanlash, ularni joy-joyiga quyish;
- mehnatni tashkil qilish;
- ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |