3-мавзу: чизиљли дастурлашда иккиланмалик назарияси
Download 343.5 Kb.
|
CHIZIQLI DASTURLASHDA IKKILANMASLIK NAZRIYASI IKKILANMASLIKNAZARIYASINING ASOSIY TEOREMALARI
TAYYORLADI: GURUH AKT-3 SOBIROV SAMANDAR CHIZIQLI DASTURLASHDA IKKILANMASLIK NAZRIYASI IKKILANMASLIKNAZARIYASINING ASOSIY TEOREMALARI Reja:
Ikkilanma masalalar. To‘g‘ri va ikkilanma masalalar va ular yechimlarining iKtisodiy talqini. Ikkilanma simpleks usul. 1. Chiziqli dasturlashning har bir masalasi ikkilanma (qo‘shma) deb ataluvchi boshqa chiziqli masala bilan uzviy bog‘langan. Bunda birinchi masalaga boshlang‘ich yoki to‘g‘ri deyiladi. Bu masalalar birgalikda o‘zaro ikkilanma masalalar juftini tashkil etib ulardan istalganini boshlang‘ich deb qarash mumkin. Bulardan birining yechimini topish bilan ikkinchisining ham yechimini olish mumkin. Ikkilanma masala - ChDning ko‘makchi (yordamchi) masalasi bo‘lib boshlang‘ich masala shartlaridan aniq qoidalar yordamida bevosita olinadi. Ikkilanma masalani tuzish qoidalarini ifodalaymiz: 1) boshlang‘ich masalada maqsadli funksiya maksimumi topilayotgan bo‘lsa, ikkilanma masalada maqsadli funksiya minimumi topiladi; 2) boshlang‘ich masala cheklash shartlari soni m ikkilanma masala o‘zgaruvchilari soniga, boshlang‘ich masala n o‘zgaruvchilari soni esa ikkilanma masala cheklash shartlari soniga teng; Odatda ikkilanma masala o‘zgaruvchilarini bilan belgilanadi; 3) boshlang‘ich masala o‘zgaruvchilari, unga ikkilanma masalaning cheklash shartlari bilan bog‘langanligi uchun har bir o‘zgaruvchiga unga ikkilanma masalada “” ( bo‘lsa) yoki “” ( bo‘lsa) cheklash shartlari mos keladi; 4) biror belgi bilan cheklanmagan boshlang‘ich masaladagi har bir o‘zgaruvchiga, unga ikkilanma masalada “=” ko‘rinishdagi shart mos keladi va aksincha; 5) boshlang‘ich masalaning cheklash shartlaridagi ozod hadlari, unga ikkilanma masalada o‘zgaruvchilarning maqsadli funksiyadgi koeffitsientlaridan, larning boshlang‘ich masala maqsadli funksiyasidagi koeffitsientlari lar esa ikkilanma masala cheklash shartlari ozod hadlaridan iborat bo‘ladi; 6) boshlang‘ich masala cheklash shartlari noma’lumlarining koeffitsientlari matritsasi unga ikkilanma masala cheklash shartlari noma’lumlari matritsasida - transponirlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich va unga ikkilanma masalalarning bog‘likligi ko‘rinarli bo‘lishi uchun uni quyidagi jadvalda yozamiz:
Download 343.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling