3-Mavzu: Dasturlashni rejalashtirish. Reja


-bosqich. Dvstur matnini va ma‘lumotlarni axborot tashuvchiga uzatish


Download 0.74 Mb.
bet6/9
Sana08.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1341424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu Modellashtirish, algoritmlash va dasturlash vos

7-bosqich. Dvstur matnini va ma‘lumotlarni axborot tashuvchiga uzatish. Komputer uchun axborot tashuvchi vositalar bo’lib: magnitli disk, CD, Flesh card va vinchester xizmat qiladi. Dastur matni alohida maxsus qurilmalar yordamida yoki komputerdan foydalanib axborot tashuvchiga o’tkaziladi.
8-bosqich. Dasturning xatosini tuzatish. Masalani kompyuterda yechish bosqichlari ichidagi ko’p vaqt talab qiladigan, mutaxassisdan sabr kanoat, chidam, akl zakovat, mantikiy tez fikrlash, kompyuterni matematik ta‘minotini, algorit­mik tilning barcha imkoniyatlarini, otladka qilish uslubini, yo'llarini, masalaning mag'zini ikir-chikirlarigacha mukammal bilishni talab qiladigan murakkab izlanuvchan jarayon. Bu bosqich dasturni test bo’yicha tekshirish deb ham yuritiladi.
Dasturning to’g’ri ishlashi va yo'l quyillgan xatoliklarni aniqlab tuzatish, algoritmni yaratishda yo'l quyillgan kamchiliklarni bartaraf qilish, hamda tanlangan usulning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlab beruvchi jarayon.
Test-maxsus tayyorlangan dastlabki malumotlar bo’lib, ular ustida amallar bajarish bilan masalani yechimi natija oli­nadi. Test tayyorlash juda murakkab ish bo’lib, kulda hisob-ki­tob ishlarini bajarishni talab qiladi, hamda dasturning hamma qismlarini, bulaklarini, modullarini tekshirish shart.
9-bosqich. Dasturni avtomatik tarzda kompyuterda bajarilishi. Kompyuter xatolari tuzatilgan va tayyorlangan dastlabki ma‘lumot-lardan foydalangan holda masalaning yechimini (echimlarini) avtomatik tarzda hisoblaydi.Agar natijalar masalani yechimi uchun yaroqli deb topilsa, masalani yechish tugallangan hisoblanadi, aks holda yo’qoridagi bosqichlar qaytadan ko'rib chiqiladi.
10-bosqich. Olingan ma‘lumotlarni izohlash, tahlil qilish va dasturdan foydalanish uchun yo'riqnoma yozish. Masalani yechish natijasida olingan sonlar yoki sonlar massivi, matnlar yoki matn ko’rinishidagi massivlar har taraflama izohlab, tushuntiriladi. Dasturdan foydalanish uchun ko'rgazma yozish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
dastur ishlashi uchun ma‘lumotlarni tayyorlash usuli, tuzi­lishi aniq belgilangan;
dasturni ishlash uchun kompyuter ni sozlash yo'llari;
dasturni ishga tushirish va ishlash paytida bo’ladigan savol javoblar;
dasturni ishlash jarayonida kelib chiqadigan har xil holatlarni bartaraf qilish yo'llari aniq va puxta tushunarli qilib yozilgan bo’lishi kerak.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling