Excel dasturini yuklash va unda ishni tugallash
Excel 2016 dasturini yuklashdan oldin Windows 10 (Windows 7) dasturini yuklash lozim. Bu esa sodda, ya’ni hozirgi paytda kompyuter yuklanishi bilan amalga oshadi.
Excel dasturini yuklash jarayoni quyidagicha:
1. Kompyuter yoqiladi. Ekranda mulog’ot oynasi paydo bo’lib, foydalanuvchi ismi va paroli so’ralsa, ular kiritilib «Enter» tugmasi bosiladi.
2. «Sichqoncha» ko’rsatkichi ekrannning g’uyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga keltirib, chap tugmasi bosiladi.
3. «Sichqoncha» ko’rsatkichi Программы (dasturlar) bandiga keltiriladi va bosiladi.
4. Dasturlar ruyxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «sichqoncha» tugmasi bosiladi, natijada Excel dasturining zarvaraqi ekranga chig’adi, so’ngra Excel ning ish jadvali ekranga chiqadi.
5.Formatlash asboblar satri
4.Formulalar satri
3.Asboblar satri
1.Sarlavha satri
2.Menyu satri
Sarlavha satri
Bu yerda dasturni nomi ko’rsatilishi bilan bir qatorda, bir nechta boshqarish tugmalari joylashgan bo’lib, ulardan oynaning tashqi ko’rinishini o’zgartirishda foydalanish mumkin.
Menyu satri
Menyu satridagi ixtiyoriy so’z ustida «sichqoncha» chap tugmasining bir marta bosilishi menyudan tanlangan so’z element lari ro’y xatini ochadi (Menyuni ochadi). Menyu bilan ishlash – Excel buyruqlarini berishning mumkin bo’lgan usullaridan biridir.
Аsboblar paneli
Asboblar panelida tugmalar joylashgan bo’lib, ularni bosilishi Excelning mos buyrug’ini ishga tushiradi.
Formulalar satri
Excelda kiritilayotgan malumot yoki formulalar bu satirda hosil bo’ladi.
Nomlar maydoni
Bu maydonda joriy ishchi kitobdagi tanlangan (aktiv) kataning (yacheykaning nomi yoki adresi ko’rsatiladi. Agar siz ko’rsatgichni bossangiz, ro’yxat ochiladi va unda barcha nomlangan kataklarning (agarbo’lsa) va joriy ishchi kitobning diapazoni (o’lchamlari) ro’yxati chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |