3-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
Download 52.84 Kb.
|
3-mavzu Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
3-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi 3-MAVZU: Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi. REJA:
1. Elektron jadval muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari.
MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan: Главная – jadvallardagi ma’lumotlarni kiritishga va tahrirlashga mo‘ljallangan; Вставка – jadvalga biror rasm, diagramma kabi obyektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan; Разметка страницы - jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchin sahifalarning chegaralari va boshqa parametrlarini belgilash uchun mo‘ljallangan; Формулы – jadvallardagi hisoblashlarni amalga oshiruvchi har xil formulalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan; Данные - jadvallarning ustun va satrlaridagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash, nusxalarini ko’paytirish, keraksizlarini yo’qotish, tashqi axboratlarni kiritish; Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash;
Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin. Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin. Tasmaning tagida elektron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan fayl Excelda kitob (Книга) deb ataladi. Kitob esa varaq (Лист) lardan tashkil topgan. Standart holatida ular uchta bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega bo‘ladi. Jadvallar muharriri EXCEL WINDOWS da ishlash uchun yaratilgan. Uni ishga tushirish uchun biz Пуск menyusiga kirib Программы bo‘limni tanlaymiz va shu bo‘limda Microsoft Excel dasturni tanlaymiz, yoki С: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Offise papka ichidagi exel.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini kurasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, formulalar satri, ish sohasi va ma’lumotlar satri Nom satrida aktiv bo‘lgan jadvalning nomi yoziladi, agar aktiv jadval yangi yaratilgan bo‘lsa u holda uning nomi КНИГА 1 ko‘rinishida bo‘ladi. Nom satri pastida Menyu Satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruqlar quyidagi guruhlarga ma’nosi yoki ishlash holati bo‘yicha saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ДАННЫЕ, ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz. Menyu satri pastida Yordamchi Tugmalar Satri joylashgan bo‘lib, u yordamida biz menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan ko‘rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari bo‘yicha guruhlarga bulinadi: стандартная, форматирование, рисование, таблици и заливка, wordart, настройка изображения, формы, элементы управления va boshqa. Yordamchi tugmalar satri tagida formulalar satri joylashgan bo‘lib, u yordamida biz jadvalning qaysi xonasida joylashganligimizni va uning ichida nima borligini kurishimiz mumkin. Formulalar satri tagida ish sohasi joylashgan. Shu soha ustun va satrlarga bulingan tayyor jadval ko‘rinishida bo‘lib, har bir ustun va satr uzinig nomiga ega. Satr nomi raqamlar bilan kuyiladi, ustun nomi esa lotin harflar bilan kuyiladi. Har bir xona ustun va satr nomi bilan nomlanadi, masalan A5 bu A ustundagi 5 satrdagi xona. Agar biz satr (ustun yoki xona) nomiga sichqonchaning ung tugmasi bilan bossak shu satr (ustun yoki xona) menyusi ekranda paydo bo‘ladi. Shu menyu yerdamida biz satr (xona, ustun) nusxasini xotiraga olishimiz yeki uni xotiradan olib kuyishimiz, yangi satr (ustun yoki xona qo‘shishimiz), satr (ustun yoki xona) shriftini va boshqa kerakli ammallarni bajarishimiz mumkin. Excel dasturi bilan ishlashning asosiy amallari, Word dasturi bilan ishlash asosiy amallariga uxshaydi. Ish sohasining pastida ish varaqalarga utish belgilari (koreshoklar) joylashgan. Ular yordamida biz bir ish varaqadan ikkinchi ish varaqaga utishimiz mumkin. Ish sohaning chap va yuqori qismlarida lineyka (chizgichlar), ung va pastki qismlarida esa ko‘rib chiqish sohalari joylashgan. Eng pastda ma’lumotlar satri joylashgan. U bizga klaviatura tilini, raqamlar tugmalar holatini va boshqa yordamchi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. EXCEL da biz bitta fayl ichida bir nechta jadval kitoblar bilan ishlashimiz mumkin, lekin har bitta jadval yangi kitobda joylashgan bo‘ladi. Tanlangan xona quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Kursor 3 xil bo‘lishi mumkin: • Oq rangli katta plyus - xona tanlash uchun. Xonani ustiga sichqonchani olib kelganimizda paydo bo‘ladi, • Strelka - xona yoki obyektlarni tanlab boshqa joyga ko‘chirib olish uchun. Xona tagidagi chegarasiga yoki obyektning ustiga sichqonchani olib kelganimizda paydo bo‘ladi, • Qora rangli kichkina plyus - xona ichidagi ma’lumotlarga uxshash ma’lumotlar bilan boshqa yonidagi xonalarni avtoto‘ldirish. Xonaning pastki ung tomondagi burchagida joylashgan nuktaga sichqoncha bilan ko‘rsatganimizda paydo bo‘ladi. Excel dasturdagi har bitta xona o‘zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlarni ko‘rish va o‘z- gartirish uchun xonani tanlab CTRL+1 tugmalarni bosamiz. Natijada ekranda oyna paydo bo‘ladi. Shu oynaning ЧИСЛО qismi yordamida xonaning ma’lumotlar turini (oddiy, raqam, pul, kun, vaqt, foiz, kasr va boshqa)o‘zgartirishimiz mumkin. ВЫРАВНИВАНИЕ qismi yordamida esa xonani ichidagi ma’lumotlar joylanishi (gorizontal va vertikal joylanishi), bir nechta sartga bulish holati, ma’lumotlarni avtosigdirish holati, xonalarni birlashtirish holatini yokib uchirishimiz mumkin, va xonaning ichidagi ma’lumotlar yozilish yunalishini o‘zgartirishimiz mumkin. ШРИФТ qismi yordamida esa harflar shakli, kattaligi, rangi, chiziqlar turini va boshqa har xil effektlardan foydalanishimiz mumkin. ГРАНИЦА qismi yordamida tanlangan xonaning chegaralar turini va rangini o‘zgartirish mumkin. ВИД qismi yordamida esa tanlangan xonalar orqa rangini o‘zgartirishimiz mumkin. ЗАЩИТА qismi bizga tanlangan xonarni parol bilan ximoyalanishi va ichidagi formulalarni kurinmasligini ta’minlaydi. Excel jadval muharriri tezkor tugmalari bilan tanishish. Kompyuterda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Shulardan eng kup uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ush bu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, vash u sabali shunaqa vaziyatlarda ish tuxtab yoki sekinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yechish uchun bizga tezkor tugmalar yordam berishadi. Tezkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tezkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab deb kuyiladi. Quyidagi ruyxatda asosiy tezkor tugmalar ko‘rsatilgan: 1. Ctrl + N - Yangi jadvallar faylini yaratish 2. Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud bo‘lgan (ilgari yaratilgan) jadvallar faylini kurish yoki o‘zgartirish uchun ochish 3. Ctrl + W - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini berkitish. 4. Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini saqlash 5. Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini chop etish 6. Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan harakatni bekor qilish (orqaga) 7. Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bekor qilingan harkatni qaytarish (oldinga) 8. Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga ko‘chirib (qirkib) olish. 9. Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga olish 10. Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan jadval qismini chiqarib kursor turgan joyiga kuyish 11. Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun jadvalni tanlash 12. Ctrl + F - Butun jadvalda biror bir suz yoki jumlani izlash 13. Ctrl + H - Butun jadvalda biror bir suz yoki jumlani topib uning o‘rniga boshqa suz yoki jumla bilan almashtirish 14. Delete - Tanlab olingan jadval qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan belgilarni uchirish 15. F7 - Butun jadvalni imlo xatolarini tekshirish 16. Shift + F7 - Tanlangan suzning sinonimlarini topish 17. F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan faylni qayta nomlash 18. Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan jadvalni sahifaga joylashishini ko‘rish. 19. Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzatsni) markaz bo‘yicha tekkislash 20. Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzatsni) chap chegara bo‘yicha tekkislash 21. Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzatsni) ung chegara bo‘yicha tekkislash 22. Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzatsni) ikala chegara bo‘yicha tekkislash 23. Ctrl + B , yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga o‘tish yoki bekor qilish 24. Ctrl + I , yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga utish yoki qaytish 25. Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga utish yoki undan chiqib ketish 26. Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga utish yoki undan chiqib ketish 27. Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) o‘zgartirish 28. Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini o‘zgartirish 29. Ctrl + D - "Format shrifta" ga tegishli menyu bo‘limini ochish 30. Ctrl + Shift + ~ - Sonli ma’lumotlar turini o‘rnatish 31. Ctrl + Shift + $ - Pulli ma’lumotlar turini o‘rnatish 32. Ctrl + Shift + % - Prosent ma’lumotlar turini o‘rnatish 33. Ctrl + Shift + ^ - Yeksponensial turini o‘rnatish 34. Ctrl + Shift + @ - Vaqt ma’lumotlar turini o‘rnatish 35. Ctrl + Shift + ! - Verguldan keyin 2 sonli ma’lumotlar turini o‘rnatish 36. Ctrl + Shift + = - Xona, satr, yoki ustunni qo‘shishi 37. Shift + F11, yoki Alt+Shift+F1 - Yangi varaqa qo‘shish 38. Alt + Enter - Bitta xona ichida bir necha satr bulishni ta’minlash 39. F2 - Xonani ichini tahrirlash 40. F11 - Diagramma yaratish 41. Ctrl + 0 - Ustunni kurinmas qilish 42. Ctrl + 9 - Satrni kurinmas qilish 43. Shift + Ctrl + 0 - Ustunni ko‘rsatish 44. Shift + Ctrl + 9 -Satrni ko‘rsatish 45. Ctrl + probel tugmasi - Butun ustunni guruhga olish 46. Shift + probel tugmasi - Butun satrni guruhga olish 47. Ctrl + Shift + * - Jadvalni guruhga olish 48. Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv hujjat oynasiga utish 49. Ctrl + Shift + F6 - Hamma aktiv hujjat oynalarini kurish 50. Shift + strelka - Guruhga olish (belgilarga tegishli) 51. Ctrl + Shift + strelka - Guruhga olish (suzlarga tegishli) 52. Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish 53. Ctrl + Shift + Home yoki End – Hujjat (sahifa) boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish Excel jadval muharriri Данные
1. Сортировка - Tanlangan sohani saralash 2. Фильтр - Jadvaldagi ma’lumotlarni saralab qaysi dur qism bo‘yicha kurish. 3. Форма - Forma yordamida ma’lumotlarni kurish 4. Итоги - Oralik va oxirgi natijalarni sanash 5. Проверка - Kiritiladigan ma’lumotlarni chegaralash 6. Таблица подстановки - Oralik jadvalni yaratish 7. Текст по столбцам - Ustundagi ma’lumotlarni bir necha ustunlarga bulish 8. Консолидация - Bir necha jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirish 9. Группа и структуры - Tanlangan ma’lumotlarni saralash va guruhlash 10. Сводная таблица - Oraliq jadvalni yaratish 11. Внешние данные - Boshqa programmalar yoki joylardan ma’lumotlarni qo‘shish 4.MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega bo‘ladi. Qaralayotgan katakni faollashtirish uning ustida sichqonchaning chap tuqmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Jadvalning tagida holat satri bo‘lib, u yerda ishchi sohaga tegishli ma’lumotlar berilgan. Jadvalga qiymat kiritib, amallar bajarish tugallangan bo‘lsa, sichqoncha orqali (masalan B2:F5) bloklarni ajratib olish mumkin. Masalan B1 katakka 231 ni, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling. Bajarish: B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi. Yuqoridagi kabi boshqa arifmetik amallarni bajarish mashq sifatida ko‘rib chiqishimiz mumkin.
uchraydigan xatolar tavsifi xususida to‘xtalib o‘tamiz: ##### – ma’lumot katakka sig‘magan.
o‘zgaruvchilar ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin. #ИМЯ? – Excel formuladagi o‘zgaruvchining nomini aniqlay olmadi. #ЧИСЛО! - formulada funksiya o‘zgaruvchisi yoki qiymat noto‘g‘ri ishlatilmoqda. #ССЫЛКА! – katakka noto‘g‘ri murojaat qilingan. #ПУСТО! – katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilgan. Masalan: Quyidagi amallarni bajaraylik: A1 katakka 23 sonni B1 ga 0 kririting va C1 katakda A1/B1 amalini bajaring va natijani tahlil qiling. A1 katakka “Xato” matnini, A2 ga 10 kiriting va A3 katakda A1*A2 amalini bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang; A1 katakka 1 sonini B1 ga 1 kririting va A3 katakda A1A/B1 amalini bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang; Topshiriq :A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang; Yuqoridagi mashqlardan ko‘rinmoqdaki, MS Excel 2010 yordamida ixtiyoriy arifmetik amallarni tez va oson usulda hisoblash imkoniyati mavjud. MS Excel elektron jadvali kalkuliyatordan farqli bo‘lgan kengroq ifodalarni hisoblashda umumlashtirish imkoniyati ham mavjud. Ushbu imkoniyatlarni keyingi darslarda ko‘rib o‘tamiz. Download 52.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling