3-mavzu. Fayllarni boshqarish tizimlari. Operatsion tizimning fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari fat32, hpfs, ntfs. Reja
Download 303.29 Kb.
|
Ma\'ruza №3a
3-MAVZU. FAYLLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI. Operatsion tizimning fayl tizimi Fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari FAT32, HPFS, NTFS. REJA 1. Fayl tizimi tashkil etish. 2. Boshqaruv fayl tizimlari. 1.Fayl tizimi tashkil etish Operatsion tizimning muhim funksiyalaridan biri – fayl tizimini tashkillashtirishdir. Fayl (angl. file-papka) – bu nomlangan tashqi xotiraviy qurilmada joylashgan, saqlanuvchi va boshqa joyga ko‘chirib hamda qayta ishlab bo‘ladigan har qanday bir butun sifatidagi yig‘indi. Fayl o‘zida dastur, raqamli ma’lumotlarni, matn, kodlashtirilgan suratlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Fayloviy tizim – bu qandaydir tashuvchida fayllar saqlanuvini tashkillashtiruvchi vosita. Fayl tashqi axborot vositalarida saqlanuvchi xotira, ya’ni magnit disk yoki CD. to‘g‘risidagi joylar sifatida amalga oshirilmoqda. Har bir fayl disk xotirasidan bir qancha bloklar miqdorini egallaydi. Blokning odatiy uzunligi – 512 bayt. Fayllarga opеratsion tizimni maxsus moduli xizmat qiladi va u fayl tizimini drayvеri dеb ataladi. Har bir fayl o‘zining nomiga ega va u katalogda ro‘yxatga olinadi - fayllar mundarijasida. Faylga OT maxsus moduli hizmat qiladi va u fayl tizimini drayveri deb ataladi. Har bir fayl o‘zining nomiga ega va u katalogda ro‘yxatdan o‘tgan – fayllar mundarijasi. FAYL Nomi. tipi MS-DOS (1-8) sim. (1-3) sim. WINDOWS (1-256) sim. (1-4) sim. commander.com Fayl turlari bajariladigan, bajarilmaydigan va tizimligiga bo‘linadi: Bajariladigan .com .exe .bat Bajarilmaydigan .pas .bas .xls .dbf .txt .doc .docx Tizimli .sys 1 – rasm. MP bajarib bo‘lmaydigan faylni ishga tushirishi uchun uni bajarib bo‘ladiganga o‘zgartirish kerak. Bajarib bo‘lmaydigan fayllarni bajarib bo‘ladiganga o‘tkazish Algol, Basic, Pascal, Delphi, C, C ++, C#, Java kabi uskunaviy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan: katalogga (ba’zan direktoriya yoki papka deb ataladi) foydalanuvchining kirishi operatsion tizimining buyruq tili orqali mumkin bo‘ladi. Uni ko‘rish, ko‘rib chiqish, ro‘yxatga olingan fayllarni qayta nomlash, uning ichidagilarni yangi joyga o‘tkazish va o‘chirib tashlash mumkin. Katalog o‘z nomiga ega bo‘lishi va oddiy fayllar bilan birga boshqa katalogda saqlanishi mumkin: shunday qilib ierarxik fayl tuzilmalari tashkil etiladi. Bunday tuzilishga misol 2-rasmda ko‘rsatilgan: Foydalanuvchi tomonidan operatsion tizimiga fayl joylashgan katalogning nomi berilgan, «открыть файл» buyrug‘i berilsa u holda ushbu buyruqni bajarilishi uchun fayl tizimi drayveri o‘z ma’lumotnomasiga (справочник) murojaat qiladi, diskning bloklarida ko‘rsatilgan faylga mos kelishini tekshiradi, keyin bu bloklarni o‘qib yuklash uchun disk drayveriga so‘rov beradi. Download 303.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling