3-Mavzu: G‘azal va uning turlari, poetikasi reja


Download 67.41 Kb.
bet8/15
Sana10.11.2023
Hajmi67.41 Kb.
#1763961
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3-Mavzu- G‘azal va uning turlari, poetikasi reja-fayllar.org

G‘аzаli musаjjа’ (sаjli g‘аzаl) аsоsiy qоfiyadаn tаshqаri, ichki qоfiyagа egа bo‘lgаn
g‘аzаldir. Bundаy g‘аzаllаrning shоirlаr kаmоlоt bоsqichidа yarаtgаnlаr. Chunki uning o‘zigа
yarаshа murаkkаbliklаri mаvjud. G‘аzаli musаjjаning qоfiyalаnishigа ko‘rа quyidаgi turlаri ko‘p
tаrqаlgаn:
1) ________________________а 
___________________________а 
____________b______________b 
____________b______________а 

Nаmunа:
Tun oqshom bo‘ldiyu kelmas mening sham’i shabistonim,


Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Ne g‘am ko‘rguzsa ko‘ksum porasin choki giribonim,
Ko‘runmas bo‘lsa ko‘ksum yarasidin dog‘i pinhonim.
G‘amidin durri maknundek, sirishkim oqti Jayxundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g‘altonim.
Falak ham to‘ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmas bu markabdin mening xurshidi raxshonim.
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o‘lgum, vah,
Manga bo‘lsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.
Dema ko‘ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg‘onim.
Navoiy kebi hijrondin, bu oqshom o‘ldum afg‘ondin,
G‘amim yo‘q buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.
2) ____________ а _______________ а 
_______________________________ а 
______________ b _______________ b 
_______________________________ а 
Nаmunа:
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dardi balosnnmu deyin?!



Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,


Bu kudurat ichra ruxsori safosinmu deyin?!
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dard aro vaslining davosinmu deyin?!
Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaddin, yana birining adosinmu deyin?!
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?!
Ey Navoiy, dema qoshu ko‘zining vasfini, ayt
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?!

Download 67.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling