3-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning uzluksiz tizimi


Download 1.18 Mb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1231715
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

3-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning uzluksiz tizimi


INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISH METODIKASI
Biz axborotlashgan davrida yashayapmiz. Doimo ortib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyati bilan duch kelayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni tobora ortib bormoqda. Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmaslikning iloji yo‘q. O‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar va ilg‘or pedagogik, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruratining zamini, asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:
Kompyuterlar, kompyuterli va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;
O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash zarur;
O‘quvchilarlar o‘zgarib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy faravonlikka erishishga yaxshiroq tayyor bo‘lishlari uchun kompyuter savodxonligi yaxshi o‘rgatish zarur;
Kompyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o‘quv axborotlarini sifatli yetkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish(motivatsiya)ni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kengaytiradi, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini o‘zgartiradi, o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.

Maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan hamda informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling