Nazorat savollari:
1. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar bozorining asosiy xususiyatlarini sanab o‘ting.
2. Innovatsion marketingning o‘ziga xos xususiyati nimada?
3. Innovatsion mahsulotlar(xizmatlar) bozorida J. Mur tomonidan aniqlangan asosiy iste’molchilar guruhlari qanday nomlanadi?
4. Innovatsion mahsulot bozorini baholashda qanday qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin? Ularni qanday yengib o‘tish mumkin?
5. Innovatsion mahsulotlarni dastlabki bozorlarga olib chiqish uchun qaysi strategiyalar mos keladi?
6. Innovatsion tovarlar va xizmatlar bozori uchun butun mahsulot modelini tavsiflang.
7. Innovatsion marketing uchun qanday narxlash strategiyalari mos keladi?
8. Innovatsion tovarlarni, xizmatlarni bozorga joylashtirishning o‘ziga xos xususiyati nimada?
9. Innovatsion mahsulotlarni bozorga olib chiqishning qanday strategiyasini bilasiz?
10. Innovatsiyalarning mahsulotga yo‘nalganligi mohiyati nimadan iborat?
11. Nima uchun innovatsiyalarni yaratishda yangi konseptual yondashuv – bozorga yo‘nalganlik zarur?
12. Innovatsiyalarning tijorat muvaffaqiyati (samaradorligi) bog‘liq bo‘lgan asosiy omillarni sanab bering.
13. Strategiya mohiyatini ta’riflang.
14. Innovatsion strategiyaga bo‘lgan ehtiyoj nima sababdan paydo bo‘ladi?
15. Strategiyani ishlab chiqish ketma-ketligini ta’riflang.
Do'stlaringiz bilan baham: |