3 Mavzu: inssenirovka ustidagi ish bosqichlari
Download 240.46 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu (1) (1)
bizning o 'rmonda, Bo Tib o 'tur zo (r tanlov, deb o’rmondagi barcha
hayvonlarni tanlovga chorlaydilar. Barcha tanlovlarning hakami Sher aka bilan uning rafiqasini qarsaklar bilan kutib oladilar. Ishtirokchilar endi eion qilinadigan vaqtda Eshshak sahnaga yugurib chiqib, Sher akaga egilib ta'zim qilib, Sher aka to’g’risida va'zxonlik qilib, unga to’n, do’ppi kiygazadi. 119 Shunday qilib, ko’rik-tanlov boshlanib, birinchi ishtirokchi Bo’ri, so’ng Xo’roz, Ayiq va Bulbul o’z mahoratlarini namoyish etib, qo’shiq kuylaydilar. Ayniqsa, Bulbul kuylaganda hamma qoyil qolib, qarsak chalib olqishlaydi. Oxirgi boiib, Eshshakvoy chiqib, maza qilib, barchaning qulog’ini qomatga keltirib, hangrab beradi. _oliblarni eion qilish uchun so’z Shyerga beriladi. Sher Eshshakni maqtab, g’oliblikni unga beradi. Ish jarayonida har bir obrazning xarakteri yaxshilab o’rganilib, chizgilari topildi. Shu tasviriy masalning g’oyaviy davomi sifatida boshqa kurs talabalari bilan «Ziyofat» nomli tomosha, bir qancha mashhur mualliflarning masallari asosida sahnalashtirildi. Bu tomoshada masallarni birlashtirish maium qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Lekin, asosiy g’oyadan kelib chiqib, barcha masallar farzandli boigan o’rmon shohi Sherning farzandiga atab uyushtirgan ziyofati voqeasiga montaj qilindi. Bu tomoshada ko’plab turli obrazlarning ishtirok etishi, ommaviy sahnalarning ko’pligi bilan ajralib turdi. Tomoshada kursning barcha talabalari faol ishtirok etadilar (Ssenariy ilova qilinmoqda). Tasviriy qo’shiq - eng murakkab janrlardan biri boiib, ssenariysi, asosan, qo’shiqlar va she'rlarga quriladi. Ssenariy asosini qo’shiqlar tashkil etib, she'r yordamchi, izohlovchi, epizodlarni ulovchi vazifasida qoilaniladi. Tasviriy qo’shiq kompozitsiyasi ham dramaturgiyaning qoidalariga rioya qilgan holda, bir nechta qo’shiqlar kompozitsiyasidan tashkil topadi. Tasviriy qo’shiqda albatta voqea boiib, qarama-qarshilik asnosida voqealar rivojlanadi. Unda albatta tugun, kulminatsiya va yechim boiishi shart. Iloji boricha ishtirokchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo’shiqlar jonli ijro etilishi kerak. Ba'zan, jonli ijroga imkoniyat bo’lmasa fonogrammadan foydalaniladi. Qo’shiqlar boshidan oxirigacha toiiq yoki kerakli qismlari olinib montaj qilinadi. Lekin, duch kelgan qo’shiqni zo’rma-zo’raki tomoshaga tiqib boimaydi. Har bir qo’shiq albatta g’oyaviy jihatdan mavzuga to’g’ri, mos ravishda tanlab olinishi lozim. Qo’shiqlar, mumtoz ashulalar, zamonaviy estrada yo’hdagi, xalq yo’hdagi yoki folklor yo’nalishida boiishi mumkin. Albatta, har bir qo’shiqning zamirida voqea, xatti-harakat boiishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, sahriaviy klip shaklida boiishi kerak. Hozirgi kunda butun dunyoda ommalashib borayotgan «videoklip »larning asosida tasviriy qo’shiq turadi. Videoklipni kichik film deb qarasak, tasviriy qo’shiqqa kichik spektakl deb qarashimiz lozim. Albatta dramatik spektakllardagi singari tasviriy qo’- shiqlar kompozitsiyasida, mavzuga mos dekoratsiya, bezaklar, rekvizit, kostumlarning boiishi shart. Biz bilamizki, musiqali dramada pyesaga, kompozitor maxsus libretto yozadi. Aktyorlar dialog va monologlar bilan bir qatorda ariyalar ijro etishadi. Tasviriy qo’shiq kompozitsiyasidan tashkil topgan tomoshada esa, hech qanday maxsus pyesa boimay, rejissorning fantaziyasidan kelib chiqib, ssenariy yaratiladi. Hech qanday libretto yozilmaydi. Ssenariyga tayyor qo’shiqlardan mavzuga mos ravishda tanlab olinadi. Agar lozim boisa, yangi qo’shiq yaratiladi. Teatrlashtirilgan konsertning asosini tasviriy qo’shiqlar tashkil etadi. Oxirgi yillarda tasviriy qo’shiqlarda ta'sirchan vositalar keng qoilanilmoqda. Misol uchun, 2005-yil Moskvaning «Rossiya» konsert saroyida, _alabaning 60 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan konsert toiiq tasviriy qo’shiqlar kompozitsiyasi yordamida sahnalashtirildi. Sahnada front tasviri, ko’chma dala oshxonasining oshpazi askarlar kotelogiga ovqat suzib bermoqda... Shu payt front ortidan mashinalarda san'atkorlar tashrif buyurishadi. Sahnada tanklar ortilgan harbiy eshelonning ikki vagoni qo’riqchilari bilan paydo boiadi. San'atkorlar o’z dasturlarini namoyish eta boshlaydilar. Soldatlar esa ovqatlanib ularning qo’shiqlarini tinglaydilar. Rejissor har bir qo’shiqni epizodga shunday ustalik bilan ulaganki, bu yerdagi qo’shiqlar, raqslar, teatrlashtirish uzviy ketma-ketlikda biri-birini toidirib, tempo-ritm rivojida kulminatsiyaga boradi. Tasviriy qo’shiqda ijro etilgan ona va sevgan qizi bilan xayrlashuv sahnalari, sevgilisi bilan oxirgi tushgan valsi va h.k.lar plastik harakatlarda biror-bir so’zsiz ko’rsatib berilgan. Bu yerdagi aktyorlar ijrosi, xonandalarning sahnadagi voqea holatiga kirib qo’shiq ijro etishlari, dekoratsiya va kostumlar o’ziga xos sahnaviy muhitni yaratgan. Barcha qo’shiqlar jonli ijro 120 121 qilinib, qo’shiqchilar ham (o’sha davrga mos kiyingan) tomoshaning uzviy ishtirokchisiga aylanadilar. Talabalar tasviriy qo’shiq ustida ishlaganlarida, asosan mavzuni, unga mos qo’shiqlarni tanlashga katta e'tibor berishlari lozim. Mana shundagina tomoshaning umumiy badiiy obrazini to’g’ri topish mumkin bo’ladi. o’zbekfilmning oltin fondiga kirgan «Maftuningman» filmi ko’pchilikning yodida. Mana shu filmdagi «Sartarosh» qo’shig’ini eslang. Bu qo’shiq tasviriy jihatdan ham ajoyib tasvirlangan. Sartarosh rolida marhum aktyor _ani Ag’zamov, rejissor assistenti rolida aktyor Nabi Rahimovlar o’z obrazlarini aic darajada ijro etishgan. Tasviriy qo’shiqni yaratishda xalq qo’shiqlari, termalar, laparlar tayyor material vazifasini o’tab, ^ejissor va ssenaristning mushkulini osonlashtiradi. Ayniqsa, xalqimizda kasbhunarga bag’ishlangan (temirchi, oshpaz, nonvoy, kosib va h.k.) qo’shiqlar repertuari juda ham ko’pdir. Talabalar bilan sahnalashtirilgan «Tabassum qishlog’idagi bir muhabbat tarixi« (kurs rahbari F.Ahmedov) nomli tomoshada qo’shiqlar bilan she'riy matnlar bir-birini uzviy to’ldirib, bog’langan. Xalq qo’shiqlari bilan zamonaviy qo’shiqlar ustalik bilan ishlatilgan. Tomosha prologi ta'riflash shaklida qurilgan bo’lib, barcha qatnashchilar: Yallama yorim yallola, yallolashaylik, Uchtami- Download 240.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling