3. Mavzu: Internet-marketing ta'rifi, uning maqsadlari


Internet-marketing afzalliklari


Download 74.51 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi74.51 Kb.
#1769584
1   2   3   4
Bog'liq
3 mavzu

Internet-marketing afzalliklari


Internet-marketing an'anaviy marketingga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:

  • Kompaniyaning tez-tez o‘zgarib turadigan bozor sharoitlariga tez moslashishi;

  • Kompaniya internet-resurs (sayt)i foydalanuvchilaridan tezkor qayta aloqaning mavjudligi;

  • Kompaniya internet-resurs (sayt)iga kirgan potensial xaridorlar soni haqidagi ma'lumotlarni avtomatik to‘plash;

  • O‘z mahsulotini reklama qilish uchun cheklanmagan raqamli maydon. Shu asnoda, yer sharining 56% dan ortiq aholisi Internetdan foydalanadi.

  • Rentabellik. Internet-marketing an'anaviy marketingdan arzonroq, chunki katta miqdordagi tabiiy resurslardan foydalanishni talab qilmaydi.

  • Aniqlik. Internet-marketing texnologiyalari nuqtali reklama olib borishga, ya'ni tovarlarni kerakli joyda, kerakli vaqtda, kerakli mijozlarga reklama qilishga imkon beradi.

Xulosa qilib aytganda, internet-marketing tezkorligi, mijozlar bilan tez qayta aloqa va marketing tadbirlarga bo‘lgan kam xarajatliligi bilan tavsiflanadi.
Nazorat savollari:

  1. Internet marketing nima?

  2. Internet marketingni an’anaviy marketingdan nima farqlari bor?

  3. Internet marketingni asosini nima tashkil etadi?

  4. Internet-marketing an'anaviy marketingga qaraganda qanday afzalliklarga ega?

  5. Kontekstli reklama nima u haqida tushuntirish bering?

  6. Yuzabiliti haqida to’liqroq ma’lumot bering?

  7. Internet marketingda trafik nima?

Testlar

  1. Internet-marketingning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?

  1. Kompaniyalarning internet-resurs (sayt)iga kirishni oshirish, potensial mijozlarni ko‘proq miqdorini jalb etish;

  2. Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va xizmatlarni reklama qilish;

  3. Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va xizmatlarni sotuvini ko‘paytirish;

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. An'anaviy marketingning bazaviy modellaridan biri – 4R marketing bozor maqsadlariga erishishning asosiy vositalari qaysilar?

  1. Tovar, sotish

  2. Narx, mahsulot, joy,reklama

  3. Kelishuv

  4. A va C javoblar to’g’ri


Download 74.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling