3-mavzu: Iqtisodiyotning turli sohalarida davlat-xususiy sherikligining amalga oshirilishi


Download 58.51 Kb.
bet9/15
Sana30.01.2024
Hajmi58.51 Kb.
#1817244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3-mavzu

Maktabgacha ta’lim tizimida DXSH

  • Maktabgacha ta’lim tizimini, shu jumladan, maktabgacha ta’lim jarayonining nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan kengroq qamrab olishni ta’minlash va maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish imkoni yaratildi. (15-yil, 1%, 3-yil imtiyoz)
  • Bunda: davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
  • xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sherik bo‘la olmaydi, shuningdek, xususiy sherik tarafida ishtirok eta olmaydi;

Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish istagini bildirgan talabgor O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:

Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish istagini bildirgan talabgor O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:

  • yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
  • ariza taqdim etiladigan kundan uzog‘i bilan bir oy oldin soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot;
  • loyiha qiymatining kamida 25 foizini moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi;
  • tashkil etish rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi binosining belgilangan tartibda tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari;
  • hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining maktabgacha ta’lim muassasasini qurish bo‘yicha xulosalari;
  • nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
  • 15 kunda ko’rib chiqadi, 7 kunda bitim tuziladi, 30 yilga

Aslida seni dono qiladigan ikki narsa mavjud - sen o‘qiydigan kitoblar va sen uchratadigan odamlar.
ⓒ Djek Kenfild

Download 58.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling