3-Mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni


Download 114.14 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2023
Hajmi114.14 Kb.
#1144373
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu Ishlab chiqarish omillari

3-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI

REJA :

1-Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari

2-Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari

3-Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli

4-Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish

5- Mahsulot sifati

Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari

Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha ida - mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida - xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon - bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.

Ishlab chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ular ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat.

  • Ishlab chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ular ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat.

  • Download 114.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling