3-Mavzu: Javada Operatorning yuklanishi
Download 291.33 Kb.
|
else ifodalarielse kalit so’zi agar if blokidagi shart bajarilmasa, ishlashi kerak bo’lgan kod qismini yozish uchun ishlatiladi: if (shartliIfoda) { // agar shart qanoatlantirilsa, ishlaydigan kod bloki } else { // agar shart qanoatlantirilmasa, ishlaydigan kod bloki } Quyidagi misolda, agar havo harorati 20C dan yuqori bo’lsa, “Havo iliq!”, aks holda “Havo salqin!” degan xabar chop etamiz: int havo = 18; if (havo > 20) { System.out.println("Havo iliq!"); } else { System.out.println("Havo salqin!"); } Yuqoridagi misolda “Havo salqin” xabari chop etiladi. else if ifodalarelse if kalit so’zi agar birinchi if ifoda sharti qanoatlanmasa, yana boshqa shart tekshirish uchun ishlatiladi. Sintaksisi quyidagicha: if (shartliIfoda1) { // agar shartliIfoda1 qanoatlantirilsa, ishlaydigan kod bloki } else if (shartliIfoda2) { // agar shartliIfoda1 qanoatlantirilmasa va shartliIfoda2 qanoatlantirilsa, ishlaydigan kod bloki } else { // agar shartliIfoda1 va shartliIfoda2 qanoatlantirilmasa, ishlaydigan kod bloki } Keling, quyidagicha kod yozamiz: soat nomli o’zgaruvchiga qiymat beramiz va uni tekshiramiz. Agar soat 10 dan kichik bo’lsa, “Xayrli tong!”, agar soat 18 dan kichik bo’lsa “Xayrli kun!”, aks holda “Xayrli kech!” degan xabarni chop qilamiz. int soat = 14; if (soat < 10) { System.out.println("Xayrli tong!"); } else if (soat < 18) { System.out.println("Xayrli kun!"); // chop etiladi } else { System.out.println("Xayrli kech!"); } Quyidagi kodga e’tibor bering: boolean uzbekdevsSaytiFoydalimi = true; if ( uzbekdevsSaytiFoydalimi) { System.out.println("uzbekdevs sayti foydali."); } else { System.out.println("uzbekdevs sayti foydali emas."); } Yuqoridagi misolda boolean tipidagi uzbekdevsSaytiFoydalimi o’zgaruvchiga true qiymatini berdik va shartli ifodada uni true qiymatga tekshirdik. Download 291.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling