3-Mavzu: Javada Operatorning yuklanishi
Download 291.33 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Java Takrorlash operatori (While, Do While)
Ternari operatoriTernari operatori bu if-else ifodalarning qisqacha ko’rinishi hisoblanadi. Sintaksisiga e’tibor bering. ozgaruvchi = (shartliIfoda) ? rostbolgandagikodbloki : yolgonbolgandagikodbliki; Yuqorigi misollardan birini ternary operatori yordamida yozib ko’ramiz: int havo = 18; String natija = (havo > 20) ? "Havo iliq!" : "Havo salqin!"; System.out.println(natija); Ternari operatorini bir nechta shartli ifodalar bilan yozsa ham bo’ladi. Yuqoridagi soatga doir misolni ternary operatori yordamida quyidagicha yozamiz: int soat = 14; String natija = (soat < 10) ? “Xayrli tong!” : (soat < 18) ? “Xayrli kun!” : “Xayrli kech!”; System.out.println(natija); Java Takrorlash operatori (While, Do While)Keyingi ikki darsimizda, Java dasturlash tilida takrorlash operatorlari haqida o’rganamiz. Dastlabki takrorlash operatori yoki sikl bu while operatori. While operatori berilgan boolean shartga asoslanib, kod blokini chekli ravishda takroran ishga tushirish uchun ishlatiladi. While operatorini takrorlanuvchi if ifodasi deyishimiz mumkin. Agar takrorlashlar soni oldindan ma’lum bo’lmasa, while siklidan foydalanish tavsiya etiladi. Sintaksisi quyidagicha: while (/* sikl parametrini tekshirish */){ // kod blok // sikl parametri qiymatini o’zgartirish } Yuqoridagi sintaksisni tahlil qilamiz: - /* sikl parametrini tekshirish */ - ushbu qismda sikl parametrini shartga tekshiramiz. Agar shart true qiymat qaytarsa, sikl tanasiga kiradi va kod blokni ishga tushiradi. Aks holatda sikl to’xtaydi. Masalan: while(i > 0) - // kod blok – bu siklning asosiy vazifasi yoziladigan qismi. - // sikl parametri qiymatini o’zgartirish – ushbu qatorda sikl parametrini o’zgartiramiz. Masalan, parametrni birga oshiramiz yoki aksincha birga kamaytiramiz. Ushbu ifodada ehtiyot bo’lish zarur, aks holda sikl cheksiz ishlashi va natijada kod xatolik qaytarishi mumkin. Quyidagi misolga e’tibor bering: public static void main(String args[]) { // sikl parametrini e’lon qilish va qiymat berish int i = 1; // sikl parametrini tekshirish while (i < 6) { System.out.println("Hello World"); // sikl parametrini qiymatini o’zgartirish i++; } } Ekranga quyidagilar chop etiladi: Download 291.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling