3 Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi. Reja


Download 439.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana11.02.2023
Hajmi439.76 Kb.
#1188606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 maruza

 Jismoniy mashqlar 
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi 
asosiy о‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, 
ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik 
va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Raqs mashqlari – organizmning barcha tizimlariga ta’sir qiladi, jismoniy 
fazilatlarni rivojlantiradi, harakatlar nafis, erkin ifodali bо‘la boradi, ijobiy hislar 
paydo qiladi, qad-qomatning tо‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun 
raqs va о‘yin elementlari jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi. 
Xilma-xil faoliyat turlari 
Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm, chizish, narsa yasash h.k.)ga kiruvchi 
harakatlar agar qomatni tо‘g‘ri tutishga rioya qilinsa, shuningdek, jismoniy 
yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, 
jismoniy rivojlanishi va tayyorlanganligini hisobga olgan holda berilsagina bola 
organizmiga ijobiy ta’sir etish mumkin. 


Uqalash 
 Uqalash (massaj) - silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish teriga ta’sir 
qilib, bolaning butun organizmiga ta’sir etadi. 
Massaj qon tomiri tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida nerv uchlari ta’sirlariga 
javob tariqasida tomir reflekslari yuzaga keladi, kapilyarlar kengayadi qon 
aylanishi kuchayadi, issiqlik chiqarish ortadi. Massaj organizmni issiq havodan 
qizib ketishidan saqlaydi. Massaj ta’sirida yog‘ va teri bezlarining sektor 
funksiyasi yaxshilanadi, mushaklarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni va ularning 
qisqarish qobiliyati ortadi. 
Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi. 
Turli yosh bosqichlarida kо‘rsatib о‘tilgan vazifalarni amalga oshirishning 
samaradorligi asosiy va qо‘shimcha vositalarni tо‘g‘ri qо‘shib olib borgan 
taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki 3 oyligida gigiyena omillari, 
tabiatning tabiiy kuchlari katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Yosh orta borgan sari 
gigiyenik omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, 
ovqatlanish va boshqalarga kamroq vaqt sarflanadi va birmuncha murakkab 
jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.

Download 439.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling