3-mavzu. Kanaldagi suv dimlash inshootlari


Download 8.27 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi8.27 Kb.
#1409271
Bog'liq
8-амалий машгулот TAQDIMOT

8-AMALIY MAShG‘ULOT Mavzu: Yassi metall zatvor hisobi,GABARIT o’lchamlarini tanlash,zatvor og’irligi va yuklanishlarini aniqlash

Adabiyotlar:

Adabiyotlar:

  • 1. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008.
  • 2. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009.
  • 3. Розанов Н.П., Бочкарёв Я.В., Лапшенков В.С., Журавлёв Г.И., Каганов Г.М., Румянцев И.С. «Гидротехнические сооружения», под ред. Н.П. Розанова - М.Агропромиздат, 1985.
  • 4. Хусанхужаев З.Х. “Гидротехника иншоотлари”. Ўқитувчи-наширёти, Т.1968
  • 5. Хусанхужаев З.Х. “Сув омборидаги гидротехника иншоотлари”. Ўқитувчи, Тошкент. 1986.
  • 6. Бакиев М.Р., Янгиев А.А., Кодиров О, “Гидротехника иншоотлари”. Фан. Тошкент. 2002.
  • 7. Волков И.М., Кононенко П.Ф., Федичкин И.К. “Гидротехнические сооружения” М: Колос, 1968

Yassi zatvor oraliq qurilma, zichlagich, tayanch harakatlanuvchi qismlar va kо‘tarib qurilgan qurilmadan tashkil topadi.
Meliorativ kanallarda qо‘llaniladigan oddiy zatvorlarning oraliq qurilmasi ikkita ustun, bitta yoki ikkita tо‘sin va qalinligi 4...5mm li qoplamadan tashkil topadi.
Katta oraliqlarni yopadigan zatvorlarning oraliq qurilmasi gorizontal tо‘sinlar (bosh regellar), yordamchi tо‘sinlar (rigellar), vertikal ustunlar va qoplamadan tashkil topadi. Katta zatvorlarda bikrlikni oshirish va zatvor konstruksiyasining fazoviy о‘zgarmasligini ta’minlash uchun diagonal va kо‘ndalang bog‘lanishlar о‘rnatiladi. Oraliq qurilmalar zichlagichlar bilan ta’minlanadi.
Rigellar soni va konstruksiyasini zatvor bilan yopiladigan suv о‘tkazish tirqishining turi (yuza yoki chuqur joylashgan) va zatvorning vazifasiga (asosiy yoki ta’mirlash) kо‘ra tanlanadi.
Irrigatsiya amaliyotida ikki rigelli zatvor eng kо‘p qо‘llaniladi. Kо‘p rigelli zatvor keng kо‘lamda qо‘llaniladi. Kо‘p rigelli zatvorlar asosan chuqur joylashgan zatvorlarda yoki mahalliy sharoitlarga kо‘ra rigel balandligi chegaralanganda qо‘llaniladi.
Rigellar ularga suv bosimini tekis taqsimlash sharti asosida tayinlanadi. Rigellar kesimi prokat profillardan bajariladi.
Rigel eng katta eguvchi moment Mmax bо‘yicha solishtirma yuklamaga hisoblanadi, hisob bо‘yicha uning kо‘ndalang kesimi tanlanadi. Odatda qoplama zatvorning oldi tomonidan joylashtiriladi va pо‘latdan bajariladi. Qoplama qalinligi б 6mm dan 20mm gacha va chuqur joylashgan zatvorlarda 40mm gacha yetadi. Qoplama listi shunday joylashtiriladiki, list katta tomonining cheti rigellarga paralel bо‘lishi kerak. Qoplama hisobi bо‘yicha uning qalinligi aniqlanadi.
Tayanch - harakatlanuvchi qismlar yog‘och, metall, yog‘och qatlamli plastikdan bajarilishi mumkin. Agar solishtirma yuklama sosna uchun 17 kG/sm2, dub uchun 40 kG/sm2 katta bо‘lganda yog‘och qо‘llaniladi. Katta yuklamlarda pо‘lat qо‘llaniladi.
Sirpanuvchi tayanchlar ezilishga quyidagi formuladan hisoblanadi
bunda B- olib tashlanadigan yuza kengligi, m; h – olib tashlanadigan yuzaning balandligi (uzunligi); R - zatvorga ta’sir etuvchi tо‘liq bosim, kG; - eng kuchsiz tutashadigan materiallarda ezilishga hisobiy qarshilik, kG/sm2.
Zatvorlarni kо‘taruv kuch quyidagi for muladan aniqlanadi
Bunda P - zatvorga ta’sir etuvchi suvning tо‘liq bosimi;
K- kо‘tarishda har- xil qiyinchiliklarni hisobga oluvchi koeffitsiyent; kо‘tarishda 1,1...1,4 qabul qilinadi (“ + ” belgisi zatvorni kо‘tarish, “ - ” belgisi zatvorni tushirish holatida); – tayanchlar bо‘yicha sirg‘alib yuruvchi qismning sirpanishdagi ishqalanish koeffitsiyenti (29.1-jadval).
29.1-jadval
Sirpanishning ishqalanish koeffitsiyenti

Yuzalarning turi

f

Suvda daraxt bо‘yicha (tolalarga kо‘ndalang)
Daraxt tosh bо‘yicha
Suvda moylanmagan pо‘lat pо‘lat bо‘yicha
Quruq pо‘lat bronza va chugun bо‘yicha
Chugun chugun bо‘yicha yoki bronza bо‘yicha (kuchsiz moylangan)
Rezina
Yog‘och qatlamli plastik

0,70
0,60
0,50
0,30...0,35
0,16
0,65
0,40

Zatvorlarni tushirishda T kuch zaxira bilan hisoblanadi; formulada keltirilgan K koeffitsiyenti 1,25 qabul qilinadi.
Kо‘tarish kuchlarini kamaytirish uchun yeyiladigan material maslyanitdan tayyorlanadi yoki yaxshi moylashni ta’minlovchi sirpanishdagi ishqalanishni tebratuvchi ishqalanish bilan almashtiriladi (g‘ildirakli tayanchlarni о‘rnatish).
G‘ildirakli zatvorlar bilan bosim 6,5m bо‘lganda 41m oraliqlar tо‘siladi yoki oraliq 17m gacha bо‘lganda zatvorlarda 16m gacha bosim ushlab turiladi. G‘ildiraklarning tayanch yо‘llari maxsus profilli - kran osti yoki temir yо‘l relslaridan о‘rnatiladi. Relslar ostiga inshoot ustunlari betoniga bosimni taqsimlovchi tо‘sinlar о‘rnatiladi.
Zichlagichlar zatvor quyilma qismlari va qoplama orasidagi tirqishlarni berkitadi va shu bilan suvni oqib о‘tishini tо‘sadi. Zichlagichlar joylashish turiga kо‘ra vertikal (yon tomondan) va gorizontal bо‘ladi.
Kо‘tarib turuvchi qurilmalar zatvorning harakatlanuvchi qisimini tortuvchi kо‘tarish mexanizmlari bilan birlashtiriladi.
Dastlabki hisoblar uchun kо‘taruvchi kuchni A.R.Berezinskiy formulasi bо‘yicha aniqlash mumkin: T=K(G+0.08P), bunda K - zaxira koeffitsiyenti, 1,25...1,5 qabul qilinadi.
Uyga topshiriq
1.Yassi zatvorlar deb qanday zatvorlarga aytiladi?
2. Meliorativ kanallarda qо‘llaniladigan zatvor qoplamalari qalinligi qanday bo’ladi?
3.Sefmentli zatvordagi regillar nima vazifani bajaradi?
4.Zichlagichlar nima va vazifasi qanday?
E’tiboringiz uchun rahmat! Salomat bо‘ling!
Download 8.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling