3-mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi. A. Smit va d. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari reja


D.Rikardo sanoat to’ntarishi davrining nazariyotchisi


Download 59.15 Kb.
bet6/13
Sana05.02.2023
Hajmi59.15 Kb.
#1167371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-MAVZU

4.D.Rikardo sanoat to’ntarishi davrining nazariyotchisi


Angliyada boshlangan sanoat to’ntarilishi kapitalizmning manufaktura ishlab chiqarishdan mashina ishlab chiqarishiga o’tishini bildirdi. Bu to’ntarish jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta ta’sir o’tkazdi. Mehnatning kapitalga amalda buysunishi o’zil-kesil nixoyasiga yetib sanoat to’ntarishi natijasida sanoat qishloq xo’jaligidan butunlay ajralib chiqdi. Bunday o’zgarish o’z navbatida jamiyatdagi asosiy sinflar o’rtasidagi ziddiyatlarni oshkor etib, ishchilar sinfining o’z huquqlari uchun uyushib harakat qilishlariga asos soldi.
Sanoat to’ntarishi davrida jamiyat taraqqiyotining yuqori pog’onaga ko’tarilganligi shu davrda ijod qilgan olimlarning asarlaridagi nazariy tahlilning ancha chuqur darajasini ham belgilab berdi. Klassik iqtisodiy maktabning doimiy an’analarini davom ettirib, D.Rikardo o’z asarlari va xulosalari bilan ushbu maktabni rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. D.Rikardo siyosiy iqtisodning bosh vazifasini o’rtaga qo’yar ekan uning uslubiyatini ham belgilaydi. Olimning fikricha hamma tadqiqotlar yagona asosga negizlanishi lozim. U qiymatni ish vaqti bilan belgilashni mana shunday yagona asos qilib oladi. Shuningdek boshqa iqtisodiy munosabatlar va kategoriyalar mana shu qiymat ta’rifiga to’g’rimi yoki zidmi degan savolga javob berishga harakat qiladi. D. Rikardo ishlab chiqarish jarayonidagi ichki bog’liqliklarni tahlil qilishda ilmiy abstraksiya usulidan keng foydalanadi. Barcha iqtisodiy kategoriyalarni qiymat negizida izohlashga intilish Rikardo ta’limotining eng muhim xususiyatidir. Bir qancha iqtisodiy kategoriyalarni ko’rib chiqish vaqtida miqdoriy taxlilning ustunligi Rikardo usulining xususiyatidir. Olim kapitalizm rivojlanib borgan sayin chuqurlashgan va keskinlashgan bir qancha ziddiyatlarni ochib berib, ularni umuman insoniyat jamiyatining ziddiyatlari deb izohlaydi. U o’z jamiyatining sinfiy ziddiyatlari asosini ko’rsatishga intilgan bo’lsa ham, ammo bu masalani oxirigacha yechib bera olmadi.

Download 59.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling