3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Download 2.22 Mb.
bet1/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)


3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari.
Reja

  1. Kompyuterning asosiy qurilmalari va tashkil etuvchilari.

  2. Kompyuterning zamonaviy periferik qurilmalari

  3. Kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari.


    1. Kompyuterning asosiy qurilmalari.

Yuqorida, kompyuter texnikasining nazariy asoslari ya’ni kompyutеr haqida umumiy tushunchalar, kompyuterlarni tasniflashning asosiy usuli hamda ShKning yaratilish tarixi, ularning hozirda ishlab chiqarilayotgan turlari va kompyuter tuzilishining asosiy qonun – qoidalari xususida so‘z yuritildi. Endi IBM PC kompyuterlari misolida “Stol usti” shaxsiy kompyuterini (bundan keyin kompyuter) texnik ta’minoti, (ingliz tilida bu qismning hardware deb atalishi va “qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinishi sizga ma’lum) ya’ni asosiy konstruktiv bloklarining muayyan ko‘rinishlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalamiz.


Kompyuter va uning qurilmalarini ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalar quyida ko‘rsatiladigan qurilmalarni o‘zlarining biznes rejalariga ko‘ra har xil ko‘rinish (dizayn)larda, qo‘shimchalar biriktirib ishlab chiqarishlari mumkin, lekin ularning asosiy funksional vazifalari o‘zgartirilmaydi, shuningdek, tashqi ko‘rinishidan barchamizga ma’lum bo‘lgan kompyuter texnikasining asosiy konstruktiv majmuasi (komplekti) quyidagi qismlardan iborat:

  • Tizimli blok;

  • Monitor;

  • Klaviatura;

  • “Sichqoncha” manipulyatori.

1–rasmda har qanday zamonaviy kompyuterni asosiy konstruktiv bloklarining klassik to‘plami ko‘rsatilgan.

1–rasm. Klaviatura, tizimli blok va monitorning o‘zaro aloqasi

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, tizimli blok kompyuterning markaziy qismi hisoblanadi, chunki tizimli blok o‘zining tashkil etuvchilari orqali kiritiladigan ma’lumotlarni qabul qilib, qayta ishlash va uzatishni tashkillashtiradi. Kompyuter deyilganda aynan tizimli blok tushuniladi, shuningdek, 1–rasmda ko‘rsatilgan boshqa qurilmalar asosiy tashqi qurilma bo‘lib, ular kompyuterlarga axborotni kiritish va chiqarishni ta’minlaydi. Birinchi firmalar tomonidan yaratilgan ShKlar monitor va sichqoncha tashqi qurilmalarisiz faqatgina klaviatura bilan ta’minlangan tizimli blokdan (o‘sha davrda ko‘pincha protsessor deb atalardi lekin shu narsa ayonki haqiqiy protsessor bu bir kichik mikrosxema) iborat. Monitor sifatida esa (hozirgi vaqtda televizorlarga Sony Playstation yoki Microsoft Xbox qurilmalarini ulagani kabi) televizordan foydalanilgan. Sichqoncha qurilmasi keyinchalik grafik interfeysga ega dasturiy ta’minot (Windows operatsion tizim)lari paydo bo‘lgandan so‘ng kompyuterning ajralmas qismiga aylandi.





Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling