3-Mavzu: Kompyuterning xavfsizligini oshirishning texnik usullari Reja


Antivirus dasturini o'rnatish va uni aktivatsiya qilish


Download 20.14 Kb.
bet2/2
Sana26.10.2023
Hajmi20.14 Kb.
#1723617
1   2
Bog'liq
3-Mavzu

Antivirus dasturini o'rnatish va uni aktivatsiya qilish


Operatsion tizimni turli virus va hujumlardan himoya qilish maqsadida turli antiviruslar mavjud. To'g'r bular sizni butunlay himoya qila oladi demaymiz lekin ma'lum darajada operatsion tizim xavfsizligini ta'minlay oladi. Bunday antivirus dasturlar juda ko'p bo'lib ularning mashhurlaridan misol sifatida ko'rsak, Kasperskiy, Doctor Web, Eset Nod32, Avast kabi antiviruslarni ko'rishimiz mumkin. Bugun biz Eset Nod32 Antivirusining o'rnatish va ish prinsipini ko'rib chiqamiz. 

Antivirus dasturini o‘rnatish uchun uning o‘rnatiluvchi paketini tanlaymiz

So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz kerak:
1. Agar buni belgilasak dastur o'rnatilayotgan vaqtda agar sizda internet mavjud bo'lsa, yangilangan versiyani birdaniga o'rnatib ketiladi;
2. Bu tugma keyingi oynaga o'tish uchun bosiladi.
Bu ochilgan oynada biz antivirusdan foydalanish litsenziyasini qabul qilgan holda davom etamiz. Qabul qilish uchun «Я принимаю» tugmasini bosamiz



Endi ba'zi sozlamalarni sozlab olamiz. Ular quyidagilar:
1. Bu bo'lim ishlash prinsipi bizdagi shubhali bo'lgan ya'ni virus deb ko'rmaydigan lekin hatti harakatlari virusga o'xshashni boshlaydigan dasturlar haqida ma'lumot yig'adi va buni antivirusning viruslarni o'rganuvchi bazasiga yuboradi. Agar bunday funksiya ishlamasligini xohlasangiz buni o'chirib qo'yishingiz mumkin;
2. Kompyuterning ba'zi dasturlari bo'lib, ular virus hisoblanmaydi lekin tarkibida ba'zi funksiyalar virus ko'rinishida bo'lishi yoki kompyuterga o'rnatilgandan so'ng uni sekinlashuviga yoki xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin shu kabilar haqida ogohlantirish olishni xohlasak buni belgilash kerak.
Bulardan o'tganimizdan so'ng "Установка" tugmasini bosamiz.

Bu oynaga kelganimizda antivirus dasturi xotiradan o'rnatish uchun joy yetarlikmi yo'qmi shuni tekshiradi. So'ng antivirus dasturining o'rnatilish jarayoni boshlanadi.



Bizning dastur o'rnatildi, «Готова» tugmasini bosamiz. Antivirus dasturimiz ishga tushgandan so'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz antivirusni aktivatsiya qilishimiz kerak bo'ladi. Buni quyidagicha amalga oshiramiz



Yuqoridagi aktivatsiyani quyidagi kalitlardan biri orqali aktivatsiya qilamiz. Odatda eset antivirusida 30 kunlik kalit bo'ladi.
Endi bizda kalit bor lekin bu kalitlarning hammasi ham bizning antivirusga mos kelmasligi ham mumkin.

Versiyani aniqlab olganimizdan so'ng biz, shu versiyaga tegishli kalitni olib antivirusimiz so'ragan joyga qo'yamiz.



Endi dasturning ishchi oynasi o'tganimizda antivirus o'zi avtomatik tarzda baza yangilanishini va dastur yangilanishi yuklab oladi va yangilanishni tugatish uchun OTni qayta yuklashni tavsiya etadi


Mavzu yuzasidan savollar.

  1. Kompyuterning xavfsizligini oshirishning texnik usullari

  2. Antivirus dasturini o'rnatish va uni aktivatsiya qilish

  3. Virusdan saqlanish uchun qanday choralarni ko‘rish kerak?



Foydalanilgan adabiyotlar.
1.S.K.G‘aniyev va boshqalar. Axborot xavfsizlik. Darslik T.:2017. 171-b.
Internet saytlari.
1.www.ZiyoNET.uz- O‘zbekiston Respublikasi axborot-ta’lim portali.
2.www.aim.uz-o‘qituvchi va talabalar uchun ma’lumotlar
Download 20.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling