Yon konturi juda yupqa va noadekvat devor – fojiani oldindan his qilish.
Devorning konturi chiziqlariga juda urg‘u berilgan – nazoratni saqlab qolishga ongli intilish.
Yaxlit ko‘rinishdagi devor, faqat bir tomoni tasvirlangan - agar bu yon devor bo‘lsa, uzoqlashish va muxolifat tendensiyasi mavjud.
Shaffof devor – vaziyatga imkoniyat doirasida ta’sir qilishga anglanmagan ehtiyoji, mayl, havas.
Vertikal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor – subyekt avvalambor fantaziyalarda rohatlanishini izlaydi va istalgandan kamroq voqelik bilan aloqaga kirishadi.
Eshiklar
Eshikning yo‘qligi – subyekt boshqalar oldida (asosan oila davrasida) o‘zini namoyon etishga intilganda qiyinchiliklarni his qiladi.
Orqa yoki yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) – chekinish, parishonlik, o‘zini olib qochish.
Asosiy, katta eshiklar – ochiqlik, muloqotga kirishuvchanlik, boshqalarga bog‘liqlik.
Uyning eshigi ochiq – agar uyda insonlar yashasa, bu tashqaridan iliqlikka katta ehtiyoj va samimiylik, ochiqlikni namoyon qilishga intilish.
Yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) – uzoqlashish, yolg‘izlik, voqelikni qabul qilmaslik. Sezilarli darajada o‘ziga yaqin yo‘latmaslik.
Juda kata eshik – o‘zga insonlarga haddan tashqari bog‘liqlik va o‘zining ijtimoiy kirishimliligi bilan boshqalarni hayratga solishga intilish.
Juda kichik eshik - o‘zining «Men»ga kiritishni xoxlamaslik. Ijtimoiy holatlarda nomuvofiqlik, noadekvatlik va jur’atsizlik hissi.
Katta qulfli eshik – adovat, badgumonlik, damdo‘zlik, himoyalanish tendensiyalari.
Mo‘ri va tutun
Mo‘riga urg‘u berish uydagi psixologik muhitdan xavotirlanishni bildiradi, bu shuningdek erkaklik xislatini, kuch va ijodiy boshlanishni ham bildirishi mumkin. Mo‘rining bo‘lmasligi – uyda psixologik haroratning, iliqlikning yetishmasligini anglatadi
Mo‘rida juda quyuq tutun – sezilarli darajadagi ichki keskinlik (tutunning quyuqligidan kelib chiqib uning darajasi aniqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |