3-mavzu. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot turi sifatida. Reja


Download 34.79 Kb.
bet7/11
Sana17.09.2023
Hajmi34.79 Kb.
#1680067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu ma\'ruza matn

Aniqlik, qisqalik, xolislik
Tadqiqot ishining kirish qismi magistrni nafaqat mavzuga yo`naltiradi, balki asosiy maqsadni qisman bo’lsa ham ochib beradi. Mazkur bosqichga qadar qog`ozga tushirgan ma’lumotlarni sinchkovlik bilan qaytadan o`qib chiqiladi va maqsad yana bir bor aniqlashtirib olinadi.
Shuni unutmaslik kerakki, kirish qismida keltirilgan har bir band muhim ahamiyatga ega, shu sababdan uni chuqur fikrlab, atroflicha yozgan ma’qul. Ko`pchilik olimlarning fikricha, magistr ilmiy ishni ko`proq yangi fikr-g`oyalar uyg`otishi, mavzu bo`yicha o`zgacha topilmani topish maqsadida tayyorlaydi. Qiziqishni oxirigacha ushlab turish uchun ham kirish qismida xulosalarni ochiq-oydin aytib qo`ymagan ma’qul.
Ko`pchilik tadqiqotchilar ilmiy ishda umumiy gaplardan foydalanadi. Biroq, bu noto`g`ri. Sababi, ma’lum maqsadga qaratilgan mavzuni aniq faktlar yordamida isbotlab berish talab etiladi. Tadqiqotchining oldiga qo`ygan maqsadi boshqalarnikidan farqli ravishda, umumiylikdan xoli tarzda, mustaqil bayon etilsa, ilmga qo`shgan hissasi va topilmalari yaqqol yuzaga chiqadi. Ununtilmaslik lozimki, kirish qisqa bo`lsa-da, butun mehnatini namoyon etib turadi.
Ko`pchilik tadqiqotchilar uchun asosiy bo`lim muhokamasi xavotirli tuyuladi. Sababi, aksariyat hollarda yutuqlardan ko`ra xato va kamchiliklar yuzaga chiqib qolishidan qo`rqish hissi ustun keladi. Aslida, mazkur bo`limda tadqiqot jarayonidagi ilmiy topilmalar va ularni ommaga e’lon qilishdan maqsad: bu qarash nechog`li muhim, ilm-fanga yangilik olib kira oladimi, degan savollarga javob topishdan iborat. Agar bular yaxshilab o`rganilib, aniq javob topilsa, o’quvchi ham tadqiqot ishini osongina tushunadi. Mazkur bo`limda tadqiqotchi mavzuni qanchalik tushunib yetgani ham oydinlashadi. Shuningdek, fikran teranlik so`zlarning o`z o`rnida qo`llanilgani hamda tushunarliligi ilmiy ish olib boruvchi sifatidagi qiyofani namoyon etadi. Eng so`ngida shaxsiy tajriba, izlanishdan chiqargan xulosalar, mutaxassislarning fikr-mulohazalari yoki qo`shimcha ma’lumotlar bilan ilmiy ishni yakunlash mumkin.
Tadqiqot ishini o`z nihoyasiga yetkazib olgach, uni umumiy va ichki usullar bilan ko`zdan kechirib chiqish lozim. Umumiy tuzatishda gaplarning tuzilishi, sarlavha, mazmun tahrir qilinadi. Ichki usul ko`p vaqt talab etadi, sababi, har bir so`zning to`g`ri yozilgani, grammatik va punktuatsion xatolar bartaraf etilishi lozim. Umumiy tahrirda matn ustidan ko`z yugurtirib chiqish kifoya. Ishni osonlashtirish uchun so`zma-so`z, gapma-gap tahrir qilish yoki matnni ovoz chiqarib o`qish ham mumkin. Bunda yo`l qo`yilgan xatolik, ayniqsa, jumlalardagi g`alizliklar bartaraf etiladi.
Nihoyat, tadqiqot ishini printerda chop etib, qalam yordamida ikkinchi tuzatishga kirishish mumkin bo’ladi. Tadqiqotchi ishni o’ziga qulay, o`qish uchun oson bo`lgan kattaroq shriftda chiqarsa, ayni muddao. Shundan so`ng ilmiy rahbar bilan ishni yana bir bor muhokama qilish, boshqalarga ham fikr-mulohazalarni bildirishi uchun o`qitish mumkin. Bunda iloji boricha boshqa sohada ishlaydigan kishilarning qarashlari bilan o`rtoqlashgan ma’qul. Buning o`ziga yarasha sababi bor: agar o`qib chiqqan inson tadqiqot ishida nima ochib berilganini tushunsa, demak, o`quvchi ko`zi bilan qaraganda ham maqsadga erishilgan bo`ladi.

Download 34.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling