3-mavzu. Menejment missiyasi va maqsadi


Download 35.55 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi35.55 Kb.
#1834266
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu.

3-MAVZU. MENEJMENT MISSIYASI VA MAQSADI.



Darsning maqsadi: Talabalarga Tashkilot (korxona)ning missiyasi tushunchasiga oid ko’nikmalar berish. Maqsadni shakllantirishda yechimlarning turkumlanishi va maqsadga erishish jarayoni bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
3.1. Tashkilot (korxona)ning missiyasi tushunchasi.
3.2. Tashkilot maqsadining daraxt modeli
3.3. Tashkilotning maqsadi va uning turkumlanishi
3.4. Maqsadni shakllantirishda yechimlarning turkumlanishi va maqsadga erishish jarayoni


Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, slaydlar, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Amaliy mashgʻulotga kirish.
Raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bozor subʼyektlari va individlari (ixtiyoriy korxona)ning innovatsion maqsadlari, istiqboli va uzoq muddatli innovatsion strategiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilsa hamda natijalari monitoringi olib borilsa korxonaning raqobatbardoshlik darajasining ortishiga olib keladi. Natijada korxonaning innovatsion raqobatbardoshligi shakllanadi.
Tashkilotning missiya(gʻoya)si – bu iqtisodiy omillarni, ya’ni iqtisodiy texnologiyalarni qoʻllash orqali iqtisodiy omillarni birlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi faoliyat yigʻindisi boʻlib:
-bazis sifatida namoyon boʻladi, ya’ni tashkilotning rejaviy yechimlarining barchasi uchun tayanch nuqta hisoblanib, uning maqsad va vazifalarini aniqlaydi;
-tashkilot aniq maqsadlarini amalda qoʻllashda ishonchni oshiradi;
-xodimlarning tanlangan yoʻnalishlarga kuchlarini yoʻnaltirishga yordam qiladi, ularning harakatini birlashtiradi;
- tashkilot yuqori kontragentlari oʻrtasida oʻzaro tushunish va qoʻllab-quvvatlash muhitini yaratadi (aksionerlar, moliyaviy firmalar va boshqalar) .
Korxonaning missiyasi korxonaning qiziqishlari hamda ichki va tashqi omillarga boʻlgan ehtiyojlarida aks etadi.
Maqsadlarni belgilash jarayoni va umuman, har bir tashkilotda boshqaruv jarayoni turli yoʻllar bilan amalga oshiriladi va amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, maqsadlarni aniqlash texnologiyasiga umumiy boʻlgan maxsus talablar mavjud.
Maqsadlarni belgilash jarayoni uzluksizlik, diskretlik, siklilik, dinamiklik, samaradorlik va boshqalar koʻrsatkichlarda ifodalanadi. Motivatsiya va bogʻliqlik (majburiyat)- bu shaxs va tashkilot uchun samarali faoliyatning asosidir.Tashkilot manfaatlariga ta’sir koʻrsatadigan maqsadni qoʻyish, missiyani shakllantirish juda muhimdir, ammo insonlar oʻzlarining soʻzlariga ishonmasalar bular shunchaki soʻz boʻlib qolaveradilar.
Missiya tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlasa, uning mavjudligini bildiradi, tashkilotning muayyan vaqtda aniqlangan holatini ifodalaydi. Maqsad, shuningdek, menejment mavjud prinsiplari va amalga oshirish usullari orqali tarkibiy va prosessual yondashuvlarni xarakterlaydi. Markazlashgan va markazlashtirilmagan maqsadga prosessual yondashish avtoritar va demokratik modellarni nazarda tutadi. Maqsadni belgilash, shuningdek, menejment xatti-harakatlariga asoslanadi.
Insonning hayotidagi, ayniqsa, tashkilot faoliyatidagi maqsadini qadrlash qiyin masaladir. Toʻgʻri maqsad allaqachon muvaffaqiyatning kalitidir. Tashkilotning boshqaruv tizimining barcha elementlari, boshqacha qilib aytganda, maqsadga bogʻliq.
Maqsadlar asosida tegishli boshqaruv konsepsiyalari yaratiladi(masalan, dasturiy maqsadli boshqaruv yoki natijalarni boshqarish).
Boshqaruv qarorlari ularni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirishda ularga yuklangan umumiy talablarga javob berishi kerak.
Maqsadlarni belgilashga asoslanib, boshqaruv qarorlari quyidagicha boʻlishi lozim:
-samarali va pragmatik, aniq belgilangan;
-tashkilot maqsadlariga erishish uchun yoʻnaltirilgan;
-ularni samarali amalga oshirilishi tashkilotga ma’lum bir foyda olib kelishi kerak.

Download 35.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling