3-Mavzu. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari Reja
Download 41 Kb.
|
3Metallarning fizik va kimyoviy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik o`tkazuvchanlik.
- Metallarning kimyoviy xossalar.
- Nazorat savollari.
- Uyga vazifa
3-Mavzu. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari Reja: Rangi, zichligi, erishi Issiqlik o`tkazuvchanlik Metallarning kimyoviy xossalar Rangli, zichligi, erishi. Metall va qotishmalarning fizik xossalari jumlasiga ularning solishtirma og‘irligi (zichligi), suyuqlanuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi, suyuqlanishda sig‘imning o‘zgaruvchanligi, issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi va magnit xossalari kiradi. Bu xossalaning namoyon bo‘lishiga olib boradigan hodisalar (qizish, elektr toki o‘tishi va shu kabilar) vaqtida moddaning kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi. Metall yoki qotishma og‘irligining sig‘imga nisbati uning solishtirma og’irligi deb ataladi. Metallning solishtirma og'irligi uning zichligini ifodalaydi. Metall va qotishmalarning suyuqlanuvchanligi ulaning suyuqlanish harorati bilan ifodalanadi. Metall yoki qotishmaning qattiq holatdan suyuq holatga o‘tish harorati uning suyuqlanish harorati deb ataladi. Harorat o‘zgarganda metall hamda qotishmalarning sig‘im va, demak, o‘lchamlari o‘zgaradi, ko‘pgina hollarda, masalan, metallardan ko‘prik qurishda, temiryo‘l izlari yotqizishda, metallarni qizdirib bosim bilan ishlashda, o’lchash asboblari tayyorlashda va shu kabilarda buni hisobga olish zarur bo‘ladi. Metall va qotishmalarning issiqlik sig‘imi ulaning haroratini 1° oshirish uchun ketadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Metall va qotishmalarning issiqlik sig‘imini tavsiflash uchun ulaning solishtirma issiqlik sig'imi deb ataladigan kattalikdan foydalaniladi. 1 g metall yoki qotishmani 1° isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori uning solishtirma issiqlik sig‘imi deb ataladi va s harfi bilan belgilanadi.
Metall yoki qotishmaning bir-biridan 1 sm oraliqda turgan va har birining yuzi 1 sm2 bo‘lgan ikkita ko‘ndalang kesimi orasida 1 sek davomida o‘tgan issiqlik miqdori shu metall yoki qotishmaning solishtirma issiqlik о‘tkazuvchanligi deb ataladi Metall va qotishmalarning elektr tokini o‘tkazish darajasi ularning elektr o‘tkazuvchanligi deb ataladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, elektr tokiga qarshilik ko‘rsatish xossasi eng past bo‘lgan metallarning elektr o‘tkazuvchanligi eng yuqoridir. Biror metall yoki qotishmada magnit xossalari bor yo‘qligini aniqlash uchun u magnit maydoniga kiritiladi. Magnit maydoniga kiritilganda magnitlanadigan va maydondan olingandan keyin ham magnitlanganicha qoladigan metall va qotishmalar magnit xossali jismlar deb ataladi.
Metall va qotishmalarning juda ko‘pchiligi tashqi muhit (havo, gaz va b.) ta’sirida yemiriladi. Metall va qotishmalarning tashqi muhit ta’sirida yemirilish hodisasi ham kimyoviy jarayonlar qatoriga kiradi va korroziya deb ataladi. Ba’zi metallar tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘ladi, ular korroziyabardosh metallar deb ataladi. Platina, oltin, kumush va ba’zi boshqa metallar korroziyabardosh metallardir. Ko‘p hollarda metall va qotishmalardan yasalgan buyumlar kislota, asos (ishqor) va tuz eritmalari ta’sirida bo‘ladi. Bu moddalar har xil metall va qotishmalarga turlicha ta’sir etadi, ya’ni ba’zi metallarni korroziyalasa, ba’zi metallarni kam korroziyalaydi yoki butunlay korroziyalanmaydi. Kislotalar, ishqorlar va tuz eritmalariga chidamli metall va qotishmalar umumiy atama bilan kislotabardosh metallar deb ataladi. Metall va qotishmalarning aksariyati yuqori haroratlarda, masalan, bolg‘alash, prokatlash, shtamplash, presslash, termik ishlash uchun qizdirilganda ularning sirti oksidlanadi, ya’ni kuyindiga aylanadi, buning oqibatida esa metall isrof bo‘ladi. Yuqori haroratlarda oksidlanmaydigan metall va qotishmalar ham bo‘ladi, ular olovbardosh metallar deb ataladi. Olovdonlar, dvigatellarning yuqori haroratli sharoitda ishlaydigan detallari, bug’ qozonlarining yuqori haroratli gaz yoki alanga o‘tkazuvchi quvurlari va shu kabilar olovbardosh qotishmalardan tayyorlanadi. Shunday qotishmalar ham borki, ular yuqori haroratlarda oksidlanmasligi bilan birga, o‘zining mexanik xossalarini (qattiqligini, mustahkamligini va shu kabi xossalarini) saqlab qoladi. Bunday qotishmalar issiqbardosh qotishmalar deb ataladi. Yuqori haroratlarda yuklanishlar ostida ishlaydigan detallar issiqbardosh qotishmalardan tayyorlanadi. Shunday qilib, yuqori harorat va tajovuzkor muhit ta’sirida yuklanish ostida ishlaydigan qurilmalar, masalan, bug’ qozonlari, bug turbinalari, nasoslar, kimyoviy uskunalar va boshqalar ishlab chiqarishda metall va qotishmalar tanlash uchun ularning kimyoviy xossalarini bilish zarur.
2.Metallarning suyuqlanish harorati deb nimaga aytiladi? 3.Solishtirma issiqlik o`tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi? 4.Metallarning kimyoviy xossalariga nimalar kiradi? 5.Issiqbardoshlilik va olovbardoshlilik xossalarning farqi?
1.Mavzuni asosiy qismlarini yozib olish 2.Nazorat savollariga javob yozish Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling