3-mavzu. Michtning asbobolar ta`minoti reja
Download 0.5 Mb.
|
3-mavzu
3-MAVZU. MICHTNING ASBOBOLAR TA`MINOTI REJA: 3.1. DASTGOHLARNING KOMPONOVKALARI. 3.2. ASOSIY VA YORDAMCHI XARAKATLARI. 3.3. DASTGOH HARAKATLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BO‘YICHA RDB TIZIMLARI KLASSIFIKATSIYASI. 3.4. DASTGOHLARNING ASOSIY QISMLARI. 3.5. DASTGOHLARNING KINEMATIK SXEMALARI. 3.6. ASBOBLARNI AVTOMATIK ALMASHUVI MEXANIZMLARI. 3.7. ASBOBLAR ALMASHUVI MEXANIZMLARINI KODLASH PRINSPLARI. 3.8. ZAGATOVKALARNI VA TAYYOR DETALLARNI TO’PLASH MOSLAMALARI 3.1. DASTGOHLARNING KOMPONOVKALARI. Metall qirqish stanoklar deb metall va boshqa konstruksion materiallardan tayyorlangan zagotovkalardan metall qirqish asboblar yordamida qirindi olib kesib ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo'ljallangan mashinalarga aytiladi. Hozirgi zamon metall qirqish stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlarпi bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yug`on sifatli va aniq detallarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutuqlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani qo`llanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda metall qirqish stanoklarning mashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlaridan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarni, o'lchamlari bir necha metrlarga yetadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarki biga juda ko'p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi. Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonchliligi va uzoq muddat ishlay olish ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoqda. Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga moslashmoqda, texnologik imkoniyatlari kengaymoqda, kompanovka va shakllari mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar biIan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi. 3.2. ASOSIY VA YORDAMCHI XARAKATLARI. Zagotovkalarga ishlov berish jarayonida stanokning ish bajaruvchi organlari va mexanizmlari o'zaro bogiangan harakatlarga ega bo'ladi. Bu harakatlar ikki turga bo'linadi. 1. Asosiy (yoki ishchi) harakatlar, bu harakatlar zagotovkada shakl o'zgartirishni ta'minlab, ular bosh harakat va surish harakati (ba'zj stanoklarda shuningdek bo'lish harakati, obkatka harakati, zagotovkaning qo'shimcha aylanish harakati)dan iborat bo'ladi. Bosh harakat kesish tezligini aniqlovchi harakat bo'lgani uchun, uni ba'zan kesish harakati deb ham ataladi. Stanoklarda bosh harakat ikki xil ko'rinishda - aylanma va to'g’ri chiziqli bo'lib, zagotovkaga yoki kesuvchi asbobga uzatiladi. Bu harakat ko'p hollarda aylanma harakatdir; tokarlik guru-hi stanoklarida—zagotovkaning aylanishi bo'lsa, frezalash, parma-lash va jilvirlash stanoklarida esa - kesuvchi asbob (freza, parma, raz-vyortka, jilvirlashlash doirasi)ning aylanishidir. Randalash, sidirish va ba'zi tish kesish stanoklarida bosh harakat to'g’ri chiziqli ilgarilama-qaytar harakat ko'rinishida namoyon bo'ladi. Surish harakati kesilayotgan qatlam (qirindi) ko'ndalang kesimi o'lchamlaridan birini aniqlovchi harakat sifatida bo'ladi. Bu harakat to'xtovsiz (tokarlik, frezalash, parmalash stanoklaridagidek), uzluk-li davriy (randalash stanoklarida) bo'lishi mumkin. Ba'zi stanoklarda surish harakati bir necha xil bo'ladi. Masalan, doiraviy jilvirlashlash stanoklarida doiraviy surish (zagotovkaning aylanishi) va bo'ylama surish (zagotovkaning o'q bo'ylab harakati yoki abraziv doiraning surilishi); bundan tashqari doiraga yana ko'ndalang surish harakati ham uzatiladi. 2. Yordamchi harakat kesish jarayonida to'g’ridan-to'g’ri qatnashmay, zagotovka va asbobni o'rnatish hamda mahkamlash, tayyor de-talni bo'shatib olish, stanokni boshqarish (aylanish chastotalari va surish qiymatlarini sozlab o'rnatish) kabi ishlarni bajarishdan iborat. 3.3. DASTGOH HARAKATLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BO‘YICHA RDB TIZIMLARI KLASSIFIKATSIYASI. RDB dastgohlari ularga qo’yilgan texnologik talablar, konstruktsiyasi, aniqligi, bikrligi, ishonchliligi, bosh va surish harakati yuritmalari bo’yicha odatdagi dastgohlardan katta farq qiladi. RDB dastgohlariga qo’yilgan texnologik talablar ularning vazifasidan kelib chiqadi, bu detalga ishlov berishni boshqarish dasturi bo’yicha avtomatik amalga oshirishdir. Ishlov berilayotgan detalь uning chizmasi yoki formulasi hamda texnik shartlariga shakl, o’lchamlar, aniqlik va ishlov berilgan yuzalar sifati bo’yicha muvofiq bo’lishi kerak. RDB dastgohlarida detallar tayyorlash mahsuldorligi yuqori, tannarxi esa odatdagi dastgohlarga nisbatan past bo’lishi lozim. RDB dastgohgida asbob va zagotovkaning harakatini ta’minlovchi ishchi organlarning shakllantiruvchi harakatlarini avtomatik koordinatsiyalash detalga ishlov berish jarayonining xarakterli xususiyatidir. Bunday koordinatsiyalashni RDB qurilmasi stanok yuritmalariga signallarni uzatish bilan avtomatik ravishda ta’minlaydi. Shuning uchun RDB dastgohlarni klassifikatsiyalashda bevosita dastgohlar va RDB qurilmalariga xos belgilarni ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling