3-mavzu. Michtning asbobolar ta`minoti reja


RDB dastgohlarning klassifikatsiyasi


Download 0.5 Mb.
bet2/8
Sana15.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1777254
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

RDB dastgohlarning klassifikatsiyasi
1.Bajarilayotgan texnologik operatsiyalar bo’yicha: tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash va hokazo, hamda ko’p maqsadli dastgohlar.
2.Ishchi organlarining harakatini muvofiqlashtirish va koordinatsiya qilish bo’yicha: pozitsion; to’g’ri burchakli; konturaviy va kombinatsiyalashgan boshqarish turlari mavjud.
Pozitsion boshqarish ishchi organni dasturda belgilangan holatga avtomatik ko’chirish uchun xizmat qiladi (3.1-rasm, a). Bunda ko’chirish vaqtida detalga ishlov berilmaydi. Pozitsion boshqarish asosan teshiklarga ishlov berishda keng qo’llaniladi.
To’g’ri burchakli boshqarish (3.1-rasm, b) ishchi organni to’g’ri burchakli traektoriya bo’yicha harakatlanish uchun ishlatiladi. Bunday boshqarishda ishchi asbob yoki organ bir vaqtda faqat bitta koordinat o’qi bo’yicha harakat qiladi.
Konturaviy yoki uzluksiz boshqarish (3.1-rasm, c) ishchi organni bir vaqtda bir necha koordinat o’qlari bo’yicha belgilangan funktsional bog’lik asosida surilishini ta’minlaydi.
Kombinatsiyalashgan boshqarish pozitsion va uzluksiz boshqarishlarning funktsiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega.



3.1-rasm. Ishchi organlarining harakatini muvofiqlashtirish va koordinatsiya qilish bo’yicha dastgohlarning klassifikatsiyasi: a) pozitsion boshqarish; b) to’g’ri burchakli boshqarish; c) konturaviy boshqarish


3.Bir vaqtda boshqariladigan ishchi harakatlar soni bo’yicha: a) bir koordinatali; b) ikki koordinatali; v) uch koordinatali; g) to’rt koordinatali; d) ko’p koordinatali.
4.Dastgohda joylashgan kesish asboblar soni bo’yicha: a) bir asbobli; b) rezets tutgichlar bilan (4 – 6 asbob); v) Revolver kallaklar bilan (6 - 12 asbob); g) asbob magazinlari bilan (12 asbobdan ziyod).
5.Aniqlik jihatidan dastgohlar quyidagi (klasslar) sinflarga bo’linadi: a) normal (N); b) yuksalgan aniqlik sinfi (P); v) yuqori aniqlik sinfi (V); g) o’ta yuqori sinf (A); d) o’ta aniq sinfi (S).
Dastgohni u yoki boshqa aniqlik klassiga mansubligi diskretlik miqdori, dastgohning aniqligi hamda “dastgoh - moslama - asbob - detal” (DMAD) tizimining bikrligiga bog’liq. Diskretlik bu ishchi organning dastur orqali koordinat o’qi bo’yicha eng kichik surilishi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling