3-mavzu. Michtning asbobolar ta`minoti reja
Boshqarish dasturini dastgohga uzatish yo’li bo’yicha
Download 0.5 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Ishchi shpindellar soni bo’yicha
- 9. Avtomatlashtirish darajasini oshiradigan qurilmalar mavjudligi bo’yicha
- 10.Ishchi organni boshqarish uchun xizmat qiladigan axborot manbalari soni bo’yicha
6.Boshqarish dasturini dastgohga uzatish yo’li bo’yicha:
Dastgohning boshqaruv pulti klaviaturasi orqali; Kodlangan dasturni perfolentaga yozish orqali; Kodlanmagan dasturni magnit tasmaga yozish orqali; Boshqaruvchi elektron hisoblash mashinasi xotirasi orqali; Kombinatsiyalashgan usullar orqali. 7.Ishchi shpindellar soni bo’yicha dastgohlar bir shpindelli, ikki shpindelli va ko’p shpindelli bo’lishi mumkin. 8. Universallik darajasi bo’yicha dastgohlar (a) keng universal; (b) universal; (v) ixtisoslashgan va (g) maxsus bo’ladi. Keng universal dastgohlar tarkibi asosan ko’p operatsiyali dastgohlardan tashkil topgan. 9. Avtomatlashtirish darajasini oshiradigan qurilmalar mavjudligi bo’yicha: a) RDBD + asboblarni almashtirish qurilmasi (AAQ); b) RDBD + zagotovkalarni almashtirish qurilmasi (ZAQ); v) RDBD + burilish stoli (BS); g) RDBD + AAQ + ZAQ + BS; d) RDBD + ko’p shpindelli kallaklarni almashtirish qurilmasi. 10.Ishchi organni boshqarish uchun xizmat qiladigan axborot manbalari soni bo’yicha dastgohlar quyidagi bo’lishi mumkin (3.2-rasm): 3.2-rasm. Axborot manbalari soni bo’yicha dastgohlarning klassifikatsiyasi: 1 - raqamli dastur bilan boshqarish qurilmasi; 2 - qadamli yuritma; 3 - reduktor; 4 - dastgohning stoli; 5,8 - teskari aloqa datchigi; 6 - ichki teskari aloqa zanjirining datchigi; 7- dastgoh; U1, U2, U3, U4 – axborot manbalari 1). Bir axborot manbasi bilan (U1 – raqamli boshqarish dasturi) (rasm 12, a). Bunday boshqarish tizimlari ajralgan bo’ladi, chunki ularda ishchi organning haqiqiy holati haqidagi ma’lumot mavjud emas. 2). Ikki axborot manbasi bilan (U1, U2 – bosh orqa aloqa zanjiri signali) (rasm 12, b). Bunday boshqarish tizimlari yopiq bo’ladi. 3). Uchta axborot manbasi bilan (U1, U2, U3 – ichki orqa aloqa signali) (rasm 12, v). 4). To’rt va undan ziyod axborot manbalari bo’yicha. Bunday boshqarish tizimlarida majburiy axborot manbalaridan (U1 – U3) tashqari qo’shimcha manbalar (U4) mavjud. Ularning tarkibi kesish quvvati va kuchini o’zgarishi, issiqlik va egiluvchan deformatsiyalari va qator boshqa ma’lumot manbalaridan tashkil topishi mumkin. 3.4. DASTGOHLARNING ASOSIY QISMLARI. Umumiy holda xar qanday metall kesuvchi stanok quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: 1. Energiya manbayi (elektr, gidravlik va ba'zan pnevmatik dvigatellar, ulardan eng ko'p o'zgaruvchan tokda ishlaydigan bir va ko'p tezlikli asinxron hamda o'zgarmas tokda ishlaydigan elektr dvigatellar tarqalgan). 2.Uzatish qurilmalari energiyani dvigateldan bajaruvchi ishchi organlariga uzatish uchun xizmat qilib, ular mexanik, gidravlik va elektr asoslarida yaratilgan bo'lishi mumkin. Uzatish qurilmalariga stanok ishchi organlarining tezligi va harakat yo'nalishini o'zgartirib beruvchi, shuningdek stanokni ishga tushirish, ishdan to'xtatish va tormozlash ishlarini bajaruvchi mexanizmlar kiradi. Ish bajaruvchi organlar kesuvchi asbob va ishlanadigan zagotovkani o'rnatish va mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ko'pincha bunday organlar shpindel, support, stol, asboblar kallagi va boshqa ko'rinishlarda bo'ladi. Boshqarish qurilmalari - ishchi yoki stanokni boshqarish sistemasi vositasida ishlov berishning berilgan texnologik siklini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 5. Stanokning tayanch sistemasi stanokning korpus elementlaridan tashkil topib, ularda ishlov berish mobaynida kesuvchi asbob va zagotovka orasida paydo bo'ladigan kuchlar uchrashadi. Stanokning korpus elementlariga stanina, stoykalar, traversalar, oraliq plitalari hamda kuch kallaklari, tezliklar va surishlar qutilari, orqa babka, supportlar, stollar, planshaybalar va shunga o'xshash qismlarning korpuslari kiradi. Ularga qo'yiladigan asosiy talab — stanokning ish jarayonida o'zlarininggeometrik shakllarini o'zgartmay saqlashdir. Bu talab konstruksiyalarning yuqori darajadagi bikirligi va vibratsiyalarga chidamliligi, yo'naltiruvchi qismlarining ishqalanishga chidamliligi bilan amalga oshiriladi. 3.5. DASTGOHLARNING KINEMATIK SXEMALARI. Dastgohlardagi ishchi (bajaruvchi, ijro etuvchi) harakatlar – harakat manbai, bajaruvchi organ (yoki organlar), kinematik bog’lanish unsurlari va sozlash organidan tuzilgan hamda zarur harakatlarni ta’minlaydigan kinematik guruhlar tomonidan bajariladi. Kinematik guruh nomi mos ishchi harakat nomiga to‘g‘ri keladi. Zagotovka yoki asbob o‘rnatiladigan organlar, masalan, stol, shpindel, support, polzun va hk. dastgohning ishchi organlariga kiradi. Bu organlar ko‘pchilik hollarda aylanma yoki to‘g‘ri chiziqli harakatlanadi. Kinematik guruhlarda ikki turli, ya’ni ichki va tashqi kinematik bog’lanish (aloqa) bo‘ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling