3-mavzu: Microsoft Excel elektron jadvallar protsessori bilan tanishuv Reja
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu excel bilan tanishuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Microsoft Excel dasturi haqida ma’lumotlar
3-mavzu: Microsoft Excel elektron jadvallar protsessori bilan tanishuv Reja: 1. Excel dasturi haqida ma’lmot 2. Elektron jadval katakchalari va ular ustida amallar bajarish. Tayanch so’zlar: jadval, formula, funksiya, yacheyka, diagramma, qiymat, katak formati, electron jadval, gistogramma, mantiqiy funksiya. 1. Microsoft Excel dasturi haqida ma’lumotlar MICROSOFT EXCEL avvalam bor raqamlar bilan ishlaydigan shaxslar, masalan hisobchi va iqtisodchi xodimlar ishida keng qo’llaniladi, ammo elektron jadval imkoniyati shu bilan cheklanmaydi. Biroq EXCEL dasturi axborotlarning jadval ko’rinishini taqdim etishning eng qulay dasturlaridan biridir. EXCEL dasturi yordamida jadvallarni yaratish, muharrirlash va ular rasmiylashtiriladi. Matematik va logorifmik fuknsiya yordamida esa raqamlar ustida turli xil amalllar, sodda va murakkab hisoblash ishlari bajariladi hamda barcha turdagi diagrammalar grafigini yaratiladi va h . Ma’lumotlarni qulay ifoda etish uchun jadvallardan foydalaniladi. Kompyuter ularni elektron shaklda ifoda etish imkonini beradi, natijada ma’lumotlarni faqat tasavvur etish emas, hatto qayta ishlash imkoniyati bor. Jadval tuzishdagi hujjatlar bilan ishlovchi eng keng tarqalgan dastur vositalaridan biri Microsoft EXCEL (qisqacha EXCEL) dasturi hisoblanadi. EXCELning o’ziga xosligi shundan iboratki, u turli yacheykalar qiymatlari o’rtasida formulalar orqali bog’liqlik o’rnatish imkoniyatiga ega. Kiritilgan formulalar hisobi avtomatik tarzda bajariladi va agar biror bir yacheykaning qiymati o’zgartirilsa, formulaviy munosabatlarda u bilan bog’liq, yacheykalar qiymati ham qayta hisoblanadi, natijada butun jadvalda kam o’zgarish yuz beradi. Elektron jadvallarni qo’llash ma’lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi va qo’lda hisoblash yoki maxsus dasturlashsiz natijalar olish imkonini beradi. Elektron jadvallar iqtisodiy va buxgalterlik hisoblarida keng qo’llaniladi, hamda ilmiy texnik masalalarda ham ulardan unumli foydalanish mumkin. Excel dasturini ishga tushirish va ishni tugatish Excel 2007 elektron jadvallar muharririni quyidagicha yuklanadi: ПУСK ► ВСE ПРОГРАММЫ ► Microsoft Office 2007 ► Microsoft Office Excel 2007 ПУСK ► ВСE ПРОГРАММЫ ► Microsoft Office Excel 2007 Ish stolidan qo’yidagi yorliqga sichqonchaning chap tugmachasi ikki marta bosiladi bir nechta usullar dasturini yuklashdan oldin, Windows 2000 (Windows 95 - 98) dasturini yuklash lozim. Bu esa sodda, ya’ni ko’pchilik kompyuterlarda kompyuter yuklanishi bilan amalga oshiriladi. Yuklash jarayoni quyidagicha: — kompyuter yoqiladi, ekranda muloqat darchasi paydo bo’lib, foydalanuvchi ismi va paroli so’ralsa, u kiritiladi va (Enter) tugmachasi bosiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling