3-mavzu: Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi Reja
Download 24 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar 1.
3-mavzu: Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi Reja 1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish 2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri. Tayanch tushunchalar: Tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiya fani, islohotlar, milliy tiklanish Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish vazifasini izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir. Ma’naviy-ruhiy sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining samarasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar. Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun: Vatanga, ota-onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini kengaytirish; burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish; do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir. Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go‘zalligini shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun: bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yеtib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish; go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olish; tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab etiladi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda milliy ong Marufova Gulnora Maxmudovna, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 5 va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yеtmoqdamiz, ya’ni faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etiladigan bir pallada yana ham yaqinroq va yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari – yеr yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya manbalari va oziq ovqat bilan ta’minlash, koinot va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish, dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan nodir san’at asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik va musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi avlodga yеtkazish kabi muammolar kiradi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan badiiy, me’morchilik va ma’naviy asarlar har qanday dur-u javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar asrlar davomida unga xizmat qilyapti. Eramizdan oldin Afina demokratiyasi inqirozga uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor “inson – oliy qadriyat”, deb ko‘rsatdilar, olamdagi barcha jihatlarni “insoniylik mezoni” bilan o‘lchashni targ‘ib etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa “qadriyat nima?”, degan savolga “har bir insonning o‘zligini anglashi”, deb javob berdi. Qadriyatlarning shakllanish makoni bo‘lgan oila va unga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimi jamiyatning kelajagini belgilab beradi. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yеtishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlarining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi. Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni sayqallaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday shaxs bo‘lib yеtishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV bobi Oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek oilasi va munosabatlariga doir barcha masalalar to‘laligicha hamda asosli huquqiy himoyani o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiyada o‘zbek oilasining shakllanishidan boshlab tomonlarning teng huquqliligi, nikoh tuzishdagi erkin roziliklari, ota-onalar tomonidan bolalarning ta’minoti va tarbiyasi, farzandlar tomonidan o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shuni g‘urur va faxr bilan ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 66-moddasida: “Voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, – deb ko‘rsatilishi aynan milliy qadriyatimizning qonunda aks etishidir. O‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri oilada yoshi ulug‘ qariyalar – bobo va buvilarning yuksak mavqe va martabaga egaligi bo‘lib, ular hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular bilan maslahatlashib, so‘ng ish boshlashga amal qilinadi. O‘zbek oilasiga xos mazkur xarakterli xususiyatlarni alohida e’tirof etib o‘tishdan maqsad shuki, “oila tarbiyasi”ning o‘ziga xos qirralari ana shundagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida milliy-madaniy merosning qanday o‘rin tutishi, salmog‘i, ahamiyati xususida asosliroq fikr yuritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jumladan, oilada erning mavqeyi balandligi, ayol ham o‘zining haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishini olaylik. Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni ta’sirlar ko‘payib, ularning “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 6 inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli ko‘rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda oilaning jamiyatdagi o‘rni juda muhimdir. Vatan tuprog‘i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sir etadigan ba’zi noxushliklarni ota-onalar seza bilmog‘i lozim. Farzandlar oilaviy axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman yangiliklari, badiiy adabiyotlar turlaridan foydalanishlari uchun oilada kerakli shart-sharoit yaratsak, oiladagi muhit yanada yaxshilanadi. Bizningcha, Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliy oilaviy qadriyatlarning o‘rni har qachongidan ham ortib bormoqda. Xulosa qilib aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga yеtkazuvchi qudratli omildir. Shunday ekan, oilada farzandlarimiz bolalik, o‘smirlik, balog‘at sari borishlarida ibratli dovondan o‘tishi uchun farzandlarimizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatguvchi bir mayoq bo‘laylik.[ Marufova Gulnora Maxmudovna,Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari] Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3 deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir. Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi. Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi.Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi; 1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi. 2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.\ 3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi. 4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi. 5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish. Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida hakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi. Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi. 1. Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi 2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi. 3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o’sib boradi.Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir o’qituvchi bilishi kerak. Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalanadi.Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar qalbida keng o’rin egallashi va ularning ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.Hozirgi kunda barcha fan o’qituvchilari pedagog – tarbiyachi kadrlar oldida dolzarb bo’lib turgan eng muhim vazifa yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini singdirishda musiqa madaniyati faning ham imkoniyatlari juda boy va rang- barangdir. Nazorat uchun savollar 1.O’zbek milliy urf-odat va an’analarini sanab bering. 2.O’zbek milliy bayramlari va taomlarini aytib bering? 3. Milliy merosimizni o’quvchilarga nima uchun o’rgatishimiz lozim deb o’ylaysiz Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling