3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja
«Navro‘z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Ro‘za hayit va Qurbon
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
«Navro‘z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Ro‘za hayit va Qurbon
hayitlariga yangi hayot baxsh etildi. O‘zbekistondan harbiy xizmatga chaqiriladigan yigitlar, respublika hududida o‘z burchlarini o‘taydigan bo‘ldilar. Albatta bu tadbirlar O‘zbekiston hukumatiga xalqning munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirdi va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy muhitni barqarorlashtirdi. Har bir suveren davlat demokratik jamiyat kurmoqchi ekan albatta, o'z Konstitusiyasiga ega bo'lmog'i shart. Jamiyat, davlat, shaxs hatti-harakatlari qonuniy asoslangan bo'lmog'i kerak. O'zbekiston o'z tarixida bir necha marotaba (1918 y, 1920 y, 1927 y, 1937 y, 1978 y) konstitusiyasiga ega bo'lgan bo'lsa-da, mazmunan asosiy qonun bo'lgan emas. Shaklan asosiy qonun bo'lgan bu konstitusiyalarda xalqimizning tarixan shakllanib kelgan ma'naviyat, qadriyatlari, urf-odatlari, shart-sharoitlari va xohish - irodasi hisobga olinmagan edi. Shu sababli mustaqillikni ta'minlovchi qonuniy asosni yaratish eng muhim masalalardan biri edi. O'zbekistonda konstitusiya yaratish masalasi 1990 yildayoq paydo bo'lgan edi. Shu yili 20 iyunda qabul qilingan. «Mustaqillik deklarasiya»sining oxiri 12- bandida shunday deyiladi: «Ushbu deklarasiya O'zbekiston SSR ning yangi konstitusiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir». 1990 yil 1 noyabrda «O'zbekiston SSR konstitusiyasiga o'zgarishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qonun qabul qilingan. 1991 yil 12 aprelda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov boshchiligida konstitusiyaviy komissiyaning birinchi majlisi chaqirilib barcha tashkiliy ijodiy jarayonlarni muvofiqlashtirish maqsadida 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Ulardan tashqari 100 lab mutaxassislar jalb etildi. AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Turkiya, Eron, Xindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Latviya davlatlarining konstitusiyalari chuqur o'rganilib, qiyosiy tahlil qilindi. Rossiya federasiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston Respublikalari konstitusiyalarining loyihalari o'rganildi. Bundan tashqari «Temur tuzuklari» kabi tarixiy qonunlar to'plamlariga ham murojaat qilindi. 1991 yilda Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti, siyosatshunoslik va boshqaruv instituti va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan uchta muqobil konsepsiyalar muhokama qilindi. Shu yili noyabr oyida konstitusiyaning birinchi loyihasi tayyorlab bo'lindi. U 158 moddadan iborat edi. 1992 yil Bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi variantni ishlab chiqildi. Loyihalar puxta ishlovdan so'ng 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. 21 noyabrda o'zgartirishlar kiritilgan loyiha ikkinchi matbuotda e'lon qilindi. Taklif va mulohazalar hisobga olinib 1992 yil 12 chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida muhokama uchun qo'yildi. Konstitusiyasiga tuzatishlar kiritildi va 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitusiya qabul qilindi. Konstitusiya qabul qilingan 8 dekabr bayram kuni, deb belgilandi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling