3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


Download 63.19 Kb.
bet5/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

mahsulot

Sanoat

Qishloq xo‘jaligi

Qurilish ishlari

2000

103,8

105,9

103,1

103,0

2001

104,2

107,6

104,2

103,4

2002

104,0

108,3

106,0

103,4

2003

104,2

106,2

107,3

103,7

2004

107,4

109,4

108,9

104,3

2005

107,0

107,3

106,2

110,7

2006

107,3

110,8

106,2

115,0

2007

109,5

112,1

106,1

115,7

2008

109,0

112,7

104,5

108,3

2009

108,1

109,0

105,7

134,2

2010

108,5

108,3

106,8

108,1

2011

108,3

106,3

106,6

107,8

2012

108,2

107,7

107,0

111,5

2013

108,0

108,8

106,8

113,6



Jadvalni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning barqaror va izchil o‘sish sur’atlariga ega bo‘lganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishning natijasi hamda isbotlovchi asosidir.
O‘z-o‘zidan ayonki, jahon bozorida kechayotgan inqiroz jarayonlari o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi va O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘zlagan o‘sish sur’atlari va samaradorligini ta’minlashda katta qiyinchiliklar tug‘dirayotganligini ko‘rmaslik, anglamaslik, sezmaslik mumkin emas.
Bu borada davlatimiz birinchi prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinli: «Birinchi navbatda, dunyo bozorida xomashyo va tayyor mahsulotga ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valyuta tushumiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta»15. Lekin qiyinchiliklarga qaramasdan mamlaka­timizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ijobiy tendensiya uzluksiz ravishda qayd qilinganligini ko‘rish mumkin.
Milliy iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlarida mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan 2011–2015 yillarda sanoatni yuksak darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va mustahkamlashning muhim omili – raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining qariyb 80 foizi aynan shu tarmoq hissasiga to‘g‘ri kelganligini qayd etish lozim.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotida mashina­sozlik va avtomobilsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoati, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari sanoati, farmatsevtika va mebel­sozlik, telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronika mahsulot­larini ishlab chiqarish kabi sanoat tarmoqlari lokomotiv tarmoq­larga aylandi. Ular bugungi kunda yuksak texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiy maydonini mustahkamlamoqda. Eng muhimi, xalqimiz orzu qilib yurgan munosib turmush tarzini, yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda.
2014-yilning iyul oyida Jahon banki iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha mamlakatlarning yangi reytingini e’lon qildi. Jahon bankining xarid qobiliyati pariteti hisobga olingan holda baholashi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 5340 dollarni tashkil etdi. Bu 2010-yildagiga nisbatan 1110 dollarga ko‘p bo‘lib, 2004 yildan buyon esa ikki barobar oshganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston dunyoning 190 mamlakati orasida 66-o‘rinni egalladi. 2010-yilda O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 72-o‘rinda qayd etilgan edi16. Bu qisqa davr ichida respublikamiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘sayotganligini dalolat beradi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotimizni yangilash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Agar 2011-yilda “protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizni barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o‘tgan, zamonaviy turlariga almashtirish lozimligi aniqlangan”17 bo‘lsa, 2013-yilda “yurtimizdagi 500 mingdan ortiq real sektor korxonasida ishlayotgan 160 mingdan ziyod uskuna bo‘yicha o‘tkazilgan texnik audit natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, anu shu uskunalarning 30 foizdan ortig‘i eskirib qolgan. Jumladan, elektr texnika sanoatida uskunalarning 44 foizi, mashinasozlik tarmog‘ida 37 foizi, kimyo sanoatida 21 foizi, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 20 foizi, oziq-ovqat sanoatida 19 foizi, engil sanoatda 8 foizi eskirgan”18.
Bugungi kunda ana shu korxonalarda modernizatsiya jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda, ya’ni 2009–2013-yillarda mamlakatimizda samarasiz ishlayotgan 172 ta korxona tijorat banklari balansiga o‘tkazildi. Ularning 112 tasida ishlab chiqarish faoliyati tiklandi va yangi mulkdorlarga sotildi. Banklar balansida qolgan korxonalarning 43 tasida esa ishlab chiqarish faoliyati tiklandi yana 17 ta korxonada bu borada ish olib borilmoqda19.
Mamlakatimizda ana shu korxonalarda modernizatsiya va ishlab chiqarish faoliyatini tiklash jarayonlarini amalga oshirish uchun 316 milliard so‘m hajmidagi investitsiya kiritildi va buning natijasida 9 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi20.

Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling