3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana18.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1708595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
pdf

Katak – bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir satr va bir ustun 
kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Katak kesishmalarida hosil bo‘lgan 
ustun va satr nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A
ustun, 4-satr kesishmasida joylashgan katak  – A4 deb nom oladi. 
Bir nechta ketma-ket joylashgan kataklardan tashkil topgan guruh diapazon 
deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan kataklarning 
chap yuqori va o‘ng quyi kataklar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratib 
yoziladi. Masalan: A1:A4, B3:F3, C5:H8. 
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki kataklarni bichimlashda ish olib 
borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan 
ishlayotganda bu narsa juda muhimdir. 
MS Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin: 
1. Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali: 
«Пуск» => «Программы» => «MS Excel»
2. MS Excel da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida (3.1.1-rasm), 
bunda MS Excel dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
3.1.1-rasm. Ish stoli. 
MS Excel ishga tushirilgandan so‘ng ekranda ikkita oyna hosil bo‘ladi:
ilovalar oynasi va hujjatlar oynasi (3.1.2-rasm). 


3.1.2-rasm. MS Excel oynasi tuzilishi. 
 
1. Sarlavha satri. Unda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish 
yuritilayotgan) ishchi kitobning nomi beriladi. 
Shu satrning o‘ng yuqori burchagida oynaning tashqi ko‘rinishini 
o‘zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan. 
1) Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda 
yopilgan dastur Masalalar panelida paydo bo‘ladi. 
2) Ish olib borilayotgan muloqot oynasini ekranda to‘liq yoki dastlabki 
holatga keltirish tugmasi:
3) Ish olib borilayotgan muloqot oynasini yopish tugmasi: 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling