3-mavzu: Neft va gaz konlarini ózlashtirishda geologik usullarning namoyon bo’lish shartlari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1752628
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu



3-MAVZU: Neft va gaz konlarini 
ózlashtirishda geologik usullarning
namoyon bo’lish shartlari
Reja:
1. Neft va gaz konlaridagi quduqlarni geologik
hujjatlashtirish
2. Quduq kavernometriyasi va kavernogrammalarni
izohlash


1. Neft va gaz konlaridagi quduqlarni
geologik hujjatlashtirish

Neft va gaz konlaridagi quduqlarni geologik
hujjatlashtirishda karotaj ishlari o’tkazish va geofizik
tadqiqotlar bajarish keng tarqalgan. Quduqlarda
bajariladigan kon-geofizikasi tadqiqotlari samarali
bo’lib, bunday metodlar yordamida quduq kesimining
mahsuldor qismi bilan bir qatorda, quduq kesimida
uchraydigan hamma tog’ jinslari ham tadqiq qilinadi. 

Quduq kesimini kern olib o’rganish juda mashaqqatli
va iqtisodiy jihatdan samarasiz
hisoblanadi, shunga
ko’ra karotaj yordamida olingan diagramma quduq
tanasini to’liq va uzluksiz tavsiflash imkonini beradi.



Geofizik metodlarni qo’llash tadqiqotlar aniqligi
va ishonchliligini oshiradi, chunonchi: kesimda
turli litologik tarkib va kollektorlik xususiyatlariga
ega bo’lgan va qatlamning mahsuldor qismidan
tarkibi va xususiyatlariga ko’ra keskin
farqlanadigan qatlamlarni hamda juda yupqa
qatlamlarni ajratish mumkin. Natijada, konni
ishlatish sistemasini, ya’ni qatlam bosimini
saqlash maqsadida qatlamga suv haydash
rejimini tanlashda mahsuldor gorizontlarning
geologik tuzilishi to’g’risidagi juda muhim daliliy
ma’lumotlar to’planadi.

Karotaj diagrammasi quduqning asosiy hujjati
bo’lib, uning asosida quduqda keyinchalik
bajariladigan geologiya qidiruv ishlari
rejalashtiriladi.


Kon-geofizikasi tadqiqotlari natijasini
geologik talqin qilish (izohlash) 
konchi-geolog ishining muhim qismi
hisoblanadi, karotaj natijalaridan
to’g’ri va mazmunli foydalanish
quduqda nafaqat mahsuldor
gorizontni ochish va sinashni to’g’ri
tashkil qilishni, balki, ayrim
quduqlarni ishlatish rejimini va konni
ishlatish sharoitini aniq belgilash
imkoniyatini ham yaratadi


Karotaj diagrammasini izohlash orqali kon
geologiyasiga taalluqli muhim masalalar hal
qilinadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) tadqiqotlar olib borilayotgan quduq kesimidagi
jinslarning litologik tarkibini aniqlash;
2) turli litologik tarkibga ega bo’lgan qatlamlarning
yotish chuqurligini va ular chegaralarini aniqlash;
3) qatlam kesimida neft va gaz kollektorlarini
ajratish;
4) qatlamni neft, gaz va suvga to’yinganlik
darajasini belgilash;
5) qatlamni kollektorlik xususiyatlarini g’ovakliligi, 
o’tkazuvchanligi hamda neftga to’yinganligini
baholash.


• Standart elektr karotaj quduq tanasi bo’ylab uch
elektrodli karotaj zondi va quduqda o’z-o’zidan
yuzaga keladigan tabiiy qutblanish metodlari
yordamida jinslarning qarshiligini o’lchashga
asoslangan. 
Karotaj diagrammasi yordamida
geologik kesimlarni taqqoslash, stratigrafik
gorizontlarni aniqlash va boshqa masalalarni hal
qilish mumkin bo’ladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling