3-mavzu. Odam va hayvon virus kasalliklarida uchraydigan kasallik alomatlarini atlaslar va jadvallar asosida o‘rganish Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarning virusologik diognostikasi


Download 281.5 Kb.
bet5/7
Sana08.06.2023
Hajmi281.5 Kb.
#1465760
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-laboratoriya mashg\'uloti

Gepatit C virusi. Virus hozirgi kunda Flaviviridae oilasiga kiritilgan. Tashqi tamondan ko‘rinishi kichik sferik shakildagi (35-50 nm) virus, tashqi qobig‘i superkapsidi movjud . Virus genomi bir ipli fragmentlanmagan (+) ipli RNK. Tarkibida 8 tadan kam bo‘lmagan genlar tutadi. 3 ta geni struktura oqsllarini sentizida qatnashadi, qolgan genlar strukturaga ta’luqli bo‘lmagan oqsillarni sintezlaydi. Virus genomi o‘ta variabel, o‘zgaruvchan. Virusning 6 ta serovarlari uchraydi, har bir serovarlari ma’lum mamlakatlarda registratsiya qilinadi. Masalan S1tipi AQSH da uchrasa, S3 tipi YAponiyada aniqlanadi.
Gepatip S virusi tarkibida struktura oqsllari uchraydi, bulardan tashqiy qobiq oqsili- E1, 2 (E2) 3 (E3) virus hayot faoliyatida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Ulardan E1 i E2 oqsillar birikib tashqiy oqsil kompleksini hosil qiladi va virusni sezgir hujayra bilan birikishi va unga kirishini ta’minlaydi.
Virus genomining eng ajoyib hususiyatlaridan biri uning tarkibida tez va ko‘plab mutatsiyaga uchrovchi bo‘lakchasini borligidir. Bular doimo virus genomida mutatsiyalar kelib chiqishiga olib keladi. Bu mutatsiyalar natijasida gen komponentlarini almashinuvi kuzatiladi va virus qobig‘i oqsillarining doimo o‘zgarib turishini ta’minlaydi. Ya’niy, tashqiy qobiq antigeni xisoblangan E1 i E2 antigenlar o‘zgaradi , yangi virus variantlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Bemor organizimida virus antigenlariga qarshi AT hosil bo‘ladi, lekin virus o‘zining tashqiy antigen determinantlarini doimo o‘zgartirib turganligi sababli, hosil bo‘lgan AT lar viruslarni neytralizatsiya qila olmaydi. Virus organizmning immun nazoratidan chetda qoladi. Ko‘plab virusni yangi antigen variantlari hosil bo‘lishi natijasida immun sistema xujayralari yuqori tezlikda ishlaydi va tezda faoliyatlari suslashib qoladi, bu esa kasallikning surinkali uzoq davom (15-20 yil) etishiga va pirovardi oqibatda jigar sirrozi yoki o‘smasiga olib keladi. Kasallik 60-80% surinkali formaga o‘tishi mumkin. Virus ko‘pchilik hollarda makrofaglarda ham topilishi mumkin. Virus yuqqandan chamasi 3 oylardan kiyin qonda spetsifik AT topiladi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling