3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi


Download 104.07 Kb.
bet9/14
Sana08.05.2023
Hajmi104.07 Kb.
#1442625
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси

Harakatning turlari xaqidagi muloxaza, asosan, o‘zgarishlarning xususiyatiga asoslangan. O‘zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan tortib, murakkab ijtimoiy o‘zgarishlargacha takomillashib borgan. Shu tufayli harakatga faqatgina fazoviy siljish, deb qaramaslik lozim. Bunday qarash olamdagi barcha jarayonlarga mexanik harakat nuqtai nazaridan yondashishni vujudga keltiradi. Aslida olamda o‘zgarishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan sifatiy farq qiladi.
Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o‘zgarishlar bilan ijtimoiy o‘zgarishlarni aslo taqqoslab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu o‘zgarishlar uchun umumiy bo‘lgan fazoviy siljishlar harakat shakllarining hammasida ham, u yoki bu ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Lekin hamma o‘zgarishni ham, faqatgina fazoviy siljishdan iborat, deb bo‘lmaydi. Masalan, Yerning Quyosh atrofidagi, Oyning Yer atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko‘rinishi deyishimiz mumkin. Lekin Yer bag‘rida ro‘y berayotgan murakkab geologik jarayonlarni, Yer sirtidagi biosferaning yashash usulini birgina mexanik siljish bilan izoxlab bo‘lmaydi. Harakatning shakli qanchalik murakkab bo‘lsa, u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar ham shu qadar murakkab bo‘ladi. Materiyaning tashkiliy struktura darajasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, unda fazoviy siljish ham shu qadar kam seziladi.
Harakat tiplari. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlanuvchi narsalar o‘z muhim xossalarini o‘zgartirmasligi, ya’ni o‘z sifatini yo‘qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‘zgarishlari, makondagi ko‘chishlar yoki o‘rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining harakati va hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo‘nalishga egalik xos bo‘lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, yuksalishdan tubanlikka, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan.

Download 104.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling