3-Mavzu: O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning


Download 102.42 Kb.
bet3/3
Sana11.05.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1453394
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu

Xulosa o‘rnida:
Tinglovchilarga quyidagi rasm berilib, “O‘z ish faoliyatingizni, kompetentlik darajangizni o‘zingiz baholang” degan vazifa beriladi. Har bir tinglovchi o‘z fikrini aytadi.
Pedagog professional kompetentligining maxsus, ijtimoiy va

professional
shaxslilik-tipologik komponentlari o‘rtasida korrelyatsion aloqadorlik mavjud bo‘lib, mazkur komponentlarning mutanosibligi

kompetentlilik shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi.

Pedagog professional kompetentligining
tarkibiy komponentlariga uning motivatsiyasi, individual-tipologik xususiyatlari, emotsional barqarorligi, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari, yangiliklarni qabul qila olish va moslashish imkoniyatlari, kutilmagan
vaziyatlarda o‘zini boshqara olishi va vaziyatdan chiqa olish qobiliyati
kiradi.

pedagoglarda professional
Bo‘lajak va faoliyat yuritayotgan

kompetentlikning
maxsus, ijtimoiy va shaxslilik komponentlarini o‘rganish mazkur komponentlar geteroxron ravishda rivojlanishini ko‘rsatdi, bunda maxsus komponentning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarida ijtimoiy va shaxslilik komponentlari past ko‘rsatkichlarga ega ekanligi namoyon bo‘ldi.
Mazkur holatga shakllantiruvchi korreksion tadbirlarda alohida e’tibor qaratish lozim. Kompetentlik va u bilan bog‘liq kompetensiya tushunchasi mutaxassisning kasbiy tavsifi yoki lavozimdagi shaxsning loyiqligini baholash kontekstida keng qo‘llaniladi, ammo ularning pedagogik fanlardagi ahamiyati doim ham bir xil ma’no kasb etmaydi. Shuningdek, pedagogning kasbiy kompetentligi masalasini muhokama etishdan oldin, kasbiy kompetentlikka yaxlit umumiy aniqlik kiritishga urinib ko‘ramiz.
L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, professionallik, shaxsning kasbiy shakllanishi nafaqat ma’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishini, balki shaxsning ma’lum kasb egalariga xos bo‘lgan ijtimoiy xulq- atvorlarni boshqaruvchi murakkab psixik tizimning shakllanishi, kasbiy tajribaning to‘planishi va uni keyingi takomillashuvi hamda rivojlanishini ta’minlovchi qobiliyatlarning shakllanishini ham o‘z ichiga oladi.
Kasbiy layoqatlilik va kasbiy kompetensiyaning shakllanishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik psixologlarning fikricha, kasbiy kompetensiya asoslari bolaning tug‘ilishi bilan to‘plana boradi va individning neyrodinamik sifatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga ular hatto “kasbiy layoqatsiz” odamlar ham neyrodinamik reaksiyalar tezligi yoki ularning kompleksi nuqtayi nazaridan u yoki bu faoliyatdagi muvaffaqiyatga bo‘lgan motivatsiyaning yuqori darajasiga erishish mumkinligida yetakchi rol o‘ynashini ham tan olishadi.
Shunday qilib, kasbiy kompetentlik deganda umumiy ma’noda, shaxsning professionalligini, ya’ni uning u yoki bu sohadagi nazariy va amaliy tajribalarining uyg‘unligini tushunamiz. Shu bilan birga, kompetensiya bu, u yoki bu faoliyatni amalga oshirish uchun shaxsqobiliyatlarining mavjudligi va bu qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasini tushunamiz.


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR


  1. Kompetentlik nazariyasi va uning bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Kompetensiyalar nima?

  3. Kompetentlik nima?

  4. Trenerning kompetensiyasi haqida nimalar bilasiz?

  5. Kasbiy kompetensiyaga ta’rif bering.

  6. Trenerlik faoliyatiga oid kompetensiya turlarini tushuntirib bering.

  7. Professional kompetentlikni tushuntirib bering.

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling