3-mavzu: O'qituvchining kommunikativ qobiliyati


Pedagogik ta’sir ko‘rsatish


Download 64 Kb.
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi64 Kb.
#1436265
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu PM

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish- tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir maqsadg muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko‘i satish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini takomi lashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy on va xulq-atvomi xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishg yo'naltmlgan faoliyat jarayonidir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab kamolotgayetkazishdan iborat. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy tarbiyaviy usullari hayotdan, millatning yashash tarzidan, milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib tanlanadi. Ular talabalartarbiyasini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish nuqtai nazaridan tanlab oladi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilaming ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini pedagogik jihatdan ma’lum bir maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilaming xulq-atvorini shakllantiradi. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab - ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O’quv chining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoraJda bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki, aksincha, nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yiladi.
Istiqbol - ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlandradi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling