3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomiyasi) (2 soat amaliy mashg‘ulot). Reja


O‘QUVCHILARNI BKM HAMDA KOMPETENSIYaLARINI SHAKLLANTIRUVCHI METOD VA USULLAR


Download 33.27 Kb.
bet6/6
Sana18.11.2023
Hajmi33.27 Kb.
#1785422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi

4. O‘QUVCHILARNI BKM HAMDA KOMPETENSIYaLARINI SHAKLLANTIRUVCHI METOD VA USULLAR
Ona tili ta’limining bugungi kundagi muammolaridan biri-o‘quvchilarning og‘zaki nutqining sustligidir. Shuning uchun o‘qituvchi har darsida bu muammoning yechimini topishga harakat qilsa, nur ustiga a’lo nur. Buning uchun yangicha didaktik o‘yinlar o‘tkazish, interfaol metodlar va usullardan unumli foydalanish lozim. O‘quvchilarning BKM hamda kompetensiyalarni shakllantirish uchun qaysi metod va usullar orqali mavzuni tushuntirish yaxshi natija beradi? Jumladan, “Ergashgan qo‘shma ga’lar” mavzusini o‘rganish jarayonida, INSERT texnologiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun tarqatmalar yordamida o‘quvchilarga matnlar beriladi. O‘quvchilar matn ichidan bugun o‘rganilayotgan mavzuga oid ga’larni aniqlab, belgi qo‘yib boradilar. O‘qituvchi mavzuni tushuntirib bo‘lgach, birgalikda muhokama qilinadi. Zeroki, “INSERT” metodi – matnlardan mustaqil foydalanish, olingan axborotlarni tahlil qilish, tizimlashtirish, ularni qisqa va aniq og‘zaki bayon qilish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi metoddir.
Hozirgi kunning o‘yinqaroq bolalari uchun mavzularni oddiylikdan murakkablikka qarab o‘rgatish zarur. Aynan bunda “ Klaster” metodi qo‘l keladi. Masalan: Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma ga’ mavzusini tushuntirishdan oldin ushbu metod yordamida quyi sinflarda o‘rganilgan “Zidlov bog‘lovchilari” mavzusini eslash lozim: ammo, lekin, biroq, balki. Bu bog‘lovchilar yordamida avval sodda ga’, so‘ngra qo‘shma ga’lar tuzish maqsadga muvofiq.
”FSMU” texnologiyasi. Bu texnologiyadan foydalanishda o‘qituvchi har bir o‘quvchiga “FSMU” texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni iltimos qiladi. Bunda:
F—fikringizni bayon eting
S—fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;
M- ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U—fikringizni umumlashtiring.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi. Yakka tartibdagi ish tugagach, o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi. Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlari taklif etiladi. O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi. Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.
Namuna:
“Oq kema” – o‘lmas asar” mavzusi bo‘yicha fikrlaringizni bayon qiling.
F- “Oq kema” qissasi Chingiz Aytmatovning eng mashhur va o‘lmas asarlaridan biridir.
S - “Oq kema” asarida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi asriy muammolar o‘z ifodasini to‘ganligi bois u umrboqiydir.
M - Mo‘min chol tabiatidagi soddalik, ezgulik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, kamtarlik O‘rozqul timsolidagi shafqatsizlik, takabburlik kabi illatlarga qarshi qo‘yilsa, bolakay qalbidagi soflik, mehribonlik xislatlari atrofdagi insonlarning, jumladan ota - onasining unga befarqligiga qarama- qarshi qo‘yiladi. Masalan, bolakay shoshib turgan bo‘lsa ham o‘zining sevimli toshlarini erkalab, unga e’tibor bilan qaraydi. Ammo bolakayning quvonchiga Seydahmad ham, O‘rozqul ham arzimas bir hodisa sifatida e’tibor qaratishmaydi.
U - qaysiki asar milliy qadriyatlarni, ezgulikni ulug‘lar ekan, bu asarning umri boqiydir.
“Kichik guruhlarda ishlash” usuli-ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materiallarini o‘rganish yoki berilgan to‘shiriqni bajarishga qaratilgan. Ushbu usul qo‘llanganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish imkoniga, boshlovchi rolida bo‘lish, bir- biridan o‘rganish va turli fikrlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi.

Namuna: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin” dostonini o`rganish.
1- qadam: O`quvchilar 1-4 gacha bo‘gan raqamlar asosida kichik guruhlarga bo`linadilar.
2- qadam: Guruhlar mavzu doirasida o‘z guruhlariga nom tanlab, izoh beradilar.
3- qadam: Har bir guruhga savollar beriladi.
1- guruh uchun: Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering.
2- guruh uchun: ”Farhod va Shirin” dostonining mazmun- mohiyati haqida fikrlaringizni umumlashtiring.
3- guruh uchun: ”Farhod va Shirin” dostonidagi qahramonlarga munosabat bildiring.
4- guruh uchun: ”Farhod va Shirin” dostonining tarbiyaviy ahamiyati.
4- qadam: O‘qituvchi tomonidan aniq vaqt, intizom, hamjihatlik, o‘zaro hurmat, qisqa va aniqlik bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
5- qadam: Kichik guruhlar o‘z ishlarini taqdimot qiladi.
6- qadam: Bajarilgan to‘shiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Bu metod orqali mavzuni o‘zlashtirish yaxshilanadi, barcha o‘quvchilar mashg‘ulotga jalb etiladi, muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi, vaqt tejaladi, o‘z- o‘zini baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Interfaol metodlardan tashqari o‘qituvchi yangicha didaktik o‘yinlar tashkil qilsa ham mavzularni o‘zlashtirishda yaxshi samara beradi.
Masalan, “Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma ga’lar” mavzusini o‘rganishda “Maqollardan to‘” didaktik o‘yinini qo‘llash mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga - sa vositasi qatnashgan xalq maqollaridan aytish yoki yozishlarini aytadi:
Nimani eksang, shuni o‘rasan.
Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi…
Birni kessang, o‘nni ek.
Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga… kabi.
Bunday maqollarni o‘quvchilar ko‘plab keltirishi mumkin. Bu didaktik o‘yini ham mavzuni oson tushunishga, ham og‘zaki nutqni rivojlantirishga yordam beradi.
O‘qituvchi darsda qanday interfaol metodlar, didaktik o‘yinlarlardan foydalanmasin, uning maqsadi bitta yosh avlodga samarali bilim berish va bu bilimlarini hayotda qo‘llay olishishiga erishishdir. Buning uchun o‘qituvchi ham doimo izlanishdan, ilm olishdan to‘xtamasligi kerak.


Nazorat uchun savollar


  1. O‘quvchi shaxsini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz?

  2. Sizningcha, qaysi usul va metodlar til va adabiyot ta’limining xususiyatlariga mos tushadi?

  3. Lingvistik tushunchalarni o‘rgatishda qanday interfaol usullarni qo‘llash mumkin?

  4. Badiiy asar tahlilini amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan zamonaviy usullar haqida ma’lumot bering.

Download 33.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling