3. Mavzu: O’simliklarning asosiy bo’limlari va o’zbekistonning o’simlik qoplami Oʻsimliklar dunyosi
Download 57.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqtabiiy fan 222 mustaqil ish
3.Mavzu: O’simliklarning asosiy bo’limlari va o’zbekistonning o’simlik qoplami Oʻsimliklar dunyosi: Oʻzbekiston oʻsimliklar dunyosi xilma-xil boʻlib, xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti (Botanika ilmiy-i. ch markazi)da olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, oʻlkada 166 oilaga mansub 4500 ga yaqin yuksak oʻsimlik turlari borligi maʼlum boʻldi. Bularning aksariyat qismini qoqioʻtdoshlar (260 ga yaqin tur) karamdoshlar, yalpizdoshlar, shoʻradoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, yoronguldoshlar, govzabondoshlar, raʼnodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari tashkil etadi. Oʻzbekiston florasi paydo boʻlishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarining ummumiy oʻxshashligi jihatidan Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Afgʻoniston oʻsimliklar dunyosiga juda yaqin turadi. Oʻzbekiston florasi uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika xududida quruqlikdagi yuksak oʻsimliklarning (ksilofitlardan tortib) barcha evolyutsion davrlarga oid oʻsimlik qoldiqlari borligini koʻrsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum choʻllaridan bir vaqtlar bu yerlarda oʻsgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan. Oʻzbekistonda oʻsimliklar oʻsmaydigan joy yoʻq. Ularni tekislikdagi qumli choʻllardan tortib, qorli baland togʻlargacha boʻlgan turli relʼyef va tuproq sharoitida uchratish mumkin. Oʻzbekiston oʻsimliklarning tarqalishini yoritish uchun tavsiya etilgan 4 tik (vertikal) mintaqa (choʻl, adir, togʻ, yaylov) asos qilib olindi. Har bir mintaqa oʻziga xos relʼyef, iqlim, tuproq va oʻsimliklar dunyosiga ega. Oʻsimliklar — tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim Oʻ. (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻ.ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma Oʻ.ga tegishli emas. Lekin bu belgilarning majmui Oʻ.ni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi — xloroplastlar boʻlishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi. Oʻ.ning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). Oʻ. tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq. Anʼanaga koʻra, 20-asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻ. dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak Oʻ.ga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha Oʻ.ni oʻz ichiga oladi. Oʻ.ning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 mlrd. yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak Oʻ. — riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli Oʻ. (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan. Oʻ. Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini Oʻ.siz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan Oʻ. anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda Oʻ. atmosferadan S02gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil Oʻ. atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻ. organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Yer yuzidagi Oʻ. turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻ.ning xilmaxil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilmaxilligini belgilab beradi. Oʻ.ning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham Oʻ. bilan bogʻliq. Oʻ.ning gʻoyat xilmaxil turlaridan urugʻli Oʻ., asosan, gulli Oʻ. katta ahamiyatga ega. Urugʻli Oʻ. oziq-ovqat, kiyimkechak, yoqilgʻi, qurilish materiallari va boshqalarni beradi (qarang Madaniy oʻsimliklar). Odam juda katta maydonlarda madaniy Oʻ.ning sunʼiy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bogʻlar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, Oʻ.ning xilmaxil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo Oʻ.ni koʻp miqdorda yigʻib olish va Oʻ. boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yoʻqolib ketishiga olib keldi; koʻplab oʻsimlik turlarining butunlay yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Shu sababdan, Oʻzbekistonda Oʻ.ni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilingan (qarang Tabiashni muhofaza qilish). Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga noyob va yoʻqolib borayotgan Oʻ. turlari kiritilgan. Oʻ.ni botanika fani oʻrganadi. Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling