3-Mavzu. O’tasezuvchanlik reaksiyasi I tur, II tur, III tur, VI tur. Pretsipatatsiya reaksiyalari. Reja


Download 26.47 Kb.
Sana20.09.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1681793
Bog'liq
3-mavzu


3-Mavzu.O’tasezuvchanlik reaksiyasi I tur, II tur, III tur, VI tur.Pretsipatatsiya reaksiyalari.
Reja:
1.O’tasezuvchanlik reaksiyalari.
2.O’tasezuvchanlik reaksiya turlari.
3.Pretsipatatsiya reaksiyalari.

Organizm bilan qayta uchrashishda antigenning muayyan shakllari o’z asosida o’ziga xos bo’lgan alohida reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo ular o’ziga xos bo’lmagan o’tkir yallig’lanish javobining xo’jayra hamda molekulyar faktorlarini (omillarini) o’z ichiga oladi. Yuqori reaktivlikning ikki turi: tez sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlik hamda sekin sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlik shakllari ma’lum. Sekin sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlikni ilk bor nemes bateriologi R.Kox kuzatishga muvoffaq bo’lgan. Sil (tuberkulyoz) basillining tuberkulyoz bilankasallangan hayvon terisiga yuborilishi 1-2 sutkadan so’ng granulem hosil bo’lishi bilan kuchli mahalliy yallig’lanishni keltirib chiqaradi. Intakt hayvonlarda bunday inyeksiya atigi judayam qisqa vaqt davom etadigan reaksiya bilan kechadi halos. 1902-yili Rishe hamda Portye dengiz anemoniga zahriga qarshi antitoksik immunitetni tadqiq etayotib anafilaktik shok fenomenini tasvirlab berishdi. Oldindan immun hosil qilingan itlarga kichik miqdordagi letal dozadagi zaharni qaytadan ichiga yuborilishi tomirlar spazmi, kolaps hamda hayvonlar halokati bilan namoyon bo’luvchi o’tkir tizimli reaksiyaning rivojlanishiga olib keldi. Immunitet hosil qilgan hayvonlar terisiga zaharning kiritilishi yallig’lanishning mahalliy


reaksiyasini keltirib chiqardi xalos. Shu bilan birga Artyus mahalliy allergik reaksiya shakllaridan birini tasvirlab beradi. Tadqiqodchi antigenning zaharli bo’lmagan shakllari ustida ish olib bordi. Shunday antigenning teriga ilk inyeksiyasi reaksiyani keltirib chiqarmadi, yoki u kuchsiz miqdorda bo’lgan bo’lishi mumkin. Xuddi usha antigenni takroran kiritilishi qator holatlarda polimorf-yadroli leykositli, gemorragik reaksiya, tomirlar nekroziga olib keluvchi inyeksiya joyining intensiv infiltrasiyasiga olib keldi. Allergik reaksiya bilan bog’liq yana bir fenomen tegishli kasalliklarni davolash uchun otsimon antidifteriyali hamda antiustunli zardoblarni qo’llashda topilgan edi.Davolashning so’ngi (kech) bosqichlarida ushbu zardoblarning katta miqdorida kiritilishi ba’zan harorat ortishi, o’yqusirash, eshak yemi bilan kechadigan tizimli reaksiyalarga, qator holatlarda – tomirlar hamda buyraklarning zararlanishi bilan kechishi mumkin. Fenomen kiritilgan zardob oqsillariga antitelalar hosil bo’lishi bilan kechgani bois, hastalik (kasallik) zardob kasalligi nomini olgan. Intakt organizmda barcha ushbu allergik reaksiyalarning rivojlanish qobiliyatini hasta donorlardan zardob ko’chirish yordamida boshlash mumkin. Bunda shu singari sensibilizasiyalangan (sezuvchanlik ortganligi) resipiyent allergenning yemiruvchi dozasini (miqdorini) kiritishda zardob donoridagidek yuqori sezuvchanlikni tezda tarqatadi. Agar tez sodir bo’luvchi gipersezuvchanlikni zardob yordamida uzatish mumkin bo’lsa, intakt organizmdagi sekin sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlikni
sensibilizasiyalangan donordan tirik limfoid xo’jayralarni moslashtirib ko’chirishda hosil qilish mumkin. Bu shuni ko’rsatadiki, yuqori sezuvchanlikning ikki turi asosida turli mexanizmlar yotadi.
3.Tez sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlik.
Allergiya tez sodir bo’ladigan tipdagi yuqori sezuvchanlikning antigen xususiyatli
tashqi muhitning qator moddalariga javob reaksiyasidir. Reaksiyaning ushbu antigenlari bilan nmaoyon bo’lgani bois ularni allergenlar deb atashadi. Allergik reaksiyalar keng ko’lamda namoyon bo’ladi – shilliq burun qavati-yu, aksirishdan tortib, to o’lim bilan tugaydigan anafilaktik shokgacha ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Turli tuman simptomatikaga qaramasdan allergik ko’rinishlarning asosida umumiy mexanizmlar yotadi.Allergen bilan ilk uchrashuv yuqori sezuvchanlikning biror-bir belgisining namoyon bo’lishi bilan kechmaydi. Ammo, masalan, nafas yo’llari orqali kirib kelgan allergen organizmni V- hamda T-xo’jayralar orqali sezuvchanligini oshiradi. IgE klassdagi antitelalarni ishlab chiqarish V-xo’jayralar bilan allergenni aniqlashdan so’ng hamda ular bilan (V-xo’jayralar bilan) interleykin -4 ni sekresiyalaydigan xelperli T-xo’jayralar bilan ta’sirlashgandan so’ng boshlanadi. Ushbu sitokin IgE mahsulotga V-xo’jayralar tomonidan immunoglobulinlarning xo’jayra ichi sintezini o’zgartirishni ta’minlaydi. Hosil bo’lgan IgE yo’g’on xo’jayralar sirtida (yuzasida) tegishli reseptor
bilan ta’sirlashadi. Ushbu bosqichda allergen bilan birinchi uchrashuvdan keyingi
organizmning sensibilizasiyasi nihoyasiga yetadi. Ushbu ko’rinishdagi allergen yana nafas yo’llariga tushsa, shu kabi allergen oqsillari epiteliy orqali IgE xo’jayralarning sirtida ulardan avvalgilari bilan ta’sirlashadigan qavatga kirib boradi. Yo’g’on xo’jayralar membranasida antigen-antitela kompleksining hosil bo’lish fakti ushbu xo’jayralar orqali mediatorlarning faol chiqarib yuborilishiga signlab bo’lib hisoblanib, simptomning (asoratning) tezda rivojlanishini keltirib chiqaradi. Allergik ko’rinishlarning oldini olish maqsadida desensibilizasiya usulidan foydalaniladi. Mazkur kusul asosini bemor organizmiga miqdori va vaqti bo’yicha maxsus nazoratga olib kiritiladigan allergen tashkil etadi. Allergenga qo’shimcha ekspozisiya IgG hamda IgA allergenlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi va shu orqali IgE bilan uning ta’sirlashishiga qarshilik qiluvchi allergenni bloklaydi. Allergik reaksiyalarning namoyon bo’lish kuchi organizmga allergenni kiritishi miqdori (dozasi) hamda uslubiga bog’liq. Agar allergen u yoki bu yo’l orqali tizimli ravishda organizmga tushsa sitofilli IgE yo’g’on xo’jayralarning ommaviy faollashuvi ro’y beradi, shu jumladan qon ishlab chiqarish (qon aylanish) tomirlari bilan bevosita bog’langan biriktiruvchi to’qimada ko’paygan xo’jayralarning ham. Ertami, kechmi organizmning sensibilizasiyasi darajsi ma’lum bir chegaraga yetadigan davr keladi. Mazkur holatda allergenning ichkariga kirib borishi anafilaktik shok deya nom olgan o’tkir tizimli reaksiyani keltirib chiqaradi. Ushbu reaksiya qon bosimning halokatli tushib ketishiga, bronxospazmga, birlamchi qo’zg’alishga hamda markaziy asab tizimining zaralanishiga olib keladigan tomirlarning ingichkalashuvining ortib ketishi bilan kechadi. O’lim nafas olish markazining to’xtab qolishi natijasida ro’y berishi mumkin.
4.Sekin sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlik.
Sekin sodir bo’ladigan tipdagi gipersezuvchanlik – yallig’nishning antgenga xos CD4
T-xo’jayralarining ishi natijasidir. Javob berishning ushbu shakliga o’xshash holat tuberkulin probasi bo’lib, hamon infeksion kaslliklarda klinikalarda qo’llanilib kelinadi. Reaksiyaning namoyon bo’lishiga olib keladigan bir necha bosqichlar ajratiladi:
1. Antigenni organizmga birinchi bor kiritish yallig’lanishning o’ziga xos
CD4 T-xo’jayralari yig’ilib qolishga olib keladi.
2. Antigenni takroran teri ostiga kiritganda uning regional mahalliy to’qima makrofaglarini egallab olishi ro’y beradi. Ushbu antigenprezentasiyalovchi xo’jayralar II klass MNS molekulalari bilan kompleks holda antigen fermentlarini o’z sirtiga (yuzasiga) chiqaradi.
3. Bundan avvalgi antigenga xos CD4 T-xo’jayralari makrofag yuzasida immunogen kompleksi bilan ta’sirlashadi. Shundan so’ng ushbu xo’jayralar sitokinlarning butun bir to’plamini: faktorlarni, makrofaglarning ko’chishini, makrofagal xemotaksik faktorni, interferonlari, interleykin-FNOlarni, granulositar-makrofag koloniya hosil qiluvchi faktorning sekresiyasini (ajratib chiqarishni) boshlaydi.
4. Ajratib chiqarilgan sitokinlar yallig’lanish reaksiyasini ta’minlab, buning natijalari uning turli xil ko’rinishlarida namoyon bo’ladi.24 – 48 soat mobaynida barcha ushbu jarayonlar yallig’lanish o’chog’ining paydo bo’lishi bilan yakuniga yetadi.
Pretsipitatsiya reaktsiyasi.
Pretsipitatsiya reaktsiyasi erigan antigen – pretsipitinogen va antitana – pretsipitinlar birikmasini elektrolit ta`sirida pretsipitat cho’kmasi hosil qilishga asoslangan.
Pretsipitinogen sifatida turli oqsil (hayvon, o’simlik, mikrob tabiatli oqsillar), issiqlikka bardoshli pritsepitinogenlar (Sibir yarasi, chuma(o’lat), tulyaremiya qo’zg’atuvchilari) ishlatilishi mumkin.
Pretsipitatsiya reaktsiyasi yuqori sezgirli va o’ziga xos bo’lib, juda suyultirilgan eritmalarda ham antigenlarni aniqlash imkonini beradi. Pretsipitatsiya reaktsiyasi amaliyotda ishatiladi:
1. Yuqumli kasalliklar tashxisda (diagnostika) (sibir yarasi, tulyaremiya, chuma va boshqalar)da ishlatiladi.
2. Ba`zi bir bakteriyalar, misol uchun streptokoklar identifikatsiyasi va tiplarini aniqlashda.
3. Sud tibbiyotida - qon dog`lari, spermalar turlarini aniqlashda.
4. Oziq- ovqat mashsulotlari (sut, gisht, baliq, asal.) tabiiyligini
aniqlash uchun.
5. Biologiyada o’simlik navlari, hayvon turlari va mikroorganizm
shtammlari orasidagi genetik yaqinlikni aniqlashda. Termopretsipitatsiyada tekshirilayotgan material antigenni aniqlash uchun
avval qaynatiladi, so’ngra filtirlanadi va tashxis qo’yish uchun ishlatiladigan diagnostik pretsipitlovchi zardobga qatlam ko’rinishida quyiladi.
Noma`lum oqsilni aniqlash uchun pretsipitatsiya reaktsiyasiga zarur komponentlar:
1. Antitana – pretsipitin, ya`ni ot oqsiliga qarshi immun zardob (1:10000).
2. Antigen – pretsipitinogen – ot oqsili (1:1600).
3. Izotonik eritma – 0,85% NaCl eritmasi.
Reaktsiyani qo’yish tartibi:
Pretsipitatsion probirkaga Paster pipetkasi yordamida 1ml atrofida
pretsipitin zardobi solinadi. Zardob probirka devoriga tegishi mumkin emas. Boshqa probirka yordamida 1ml antigen – noma`lum oqsil olinadi va probirkani
egilgan xolatda ushab asta – sekin zardob ustiga quyiladi. Bunda antigen antitana ustida qatlam shakida tushishi kerak.Reaktsiya musbat chiqqanda antitana – antigen chegarasida uzuk shaklida loyqalanish hosil bo’ladi. Bu sinalayotgan antigen olingan immun zardobga mos kelganini ko’rsatadi. Reaktsiya juda sezgir hisoblanadi. SHuning uchun ham antigen izotonik eritmada suyultirilgan holda ishlatiladi.
Immunokompetent hujayralar darajasida ularning gistogenezi va tashkillanishi jarayonida amalga oshadi. Antigen determinati shakllanishi jarayonida antigen tanilishi va qayta ishlanishi bosqichi kuzatilib, o’ziga xos immun javob hosil bo’ladi.Immun javob autosom dominant IR – (immune - respons) genlari nazoratida bo’lib immun javobning yuqori bo’lishini boshqarilishi T-xelperlar (yordamchilar) ta`siri ostida yuzaga keladi. Ba`zi bir organizmlarda ushbu gen yuqori immun javobni yuzaga chiqarsa, boshqalarda nisbatan past immun javob hosil bo’ladi. Bu genlar T-limfotsitlarda antegenni tanuvchi tuzilmalarni kodlaydi.Odam organizmda IR-renlar T–limfotsitlarning invitro sharoitida T-xelper omillarining hosil qilish xususiyatlari o’rganilganda aniqlangan. Oxirgi yillarda immun javob genetikasi tadqiqotlarda aniq bir antigenga nisbatan paydo bo’ladigan immun javob qonuniyatlari va mexanizimlari polipepdit antegenlar yordamida o’rganilgan.Tadqiqotlar turini antigen vetermentlarning immun javoblari mustaqil ravishda bo’lishligini ko’rsatadi. Olib borilgan tajribalarda ko’pgina antigenlarga nisbatan hosil bo’ladigan immun javoblar faqat IR-genlar nazoratidagina bp’lmasligini isbotladi. Tajribada ma`lum bir genga javob bermaydigan 2 guruhdagi sichqonlarning immun javobi ularning F1 gibriddagi organizmlarida immun javobini hosil qilgan. Demak, immun javobga ega bo’lmagan va 1a-genlarning maxsulotlari qo’shilishi natijasida, ya`ni 1a-oqsillarning ishtirokida limfotsitlar antigenlarga nisbatan javob reaktsiyasining yuzaga chiqargan.Antigenlar - murakkab organik moddalar bo’lib ular organizmga o’ziga xos qarshi ixtisoslashgan javob reaktsiyasining keltirib chiqaradi. Antitanalar esa - organizmda ma`lum antigenlar ta`siri ostida plazmatik hujayralar tomonidan sintezlanadi va antigen bilan birikib uni zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo’ladi. SHu tufayli antetanalar immun jarayoning ixtisoslashganligini ta`minlovchi asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Antitananing antigen bilan bog’lanish jarayonida qon plazmasida bo’lgan maxsus oqsillar yoki komplement ham ishtirok etadi. Komplement bu jarayonda keskin faollashib antigenlarning aititanalar tomonidan zararsizlanishini ta`minlaydi.
Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling