O’zlashgan qatlam. Arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo’g’ulcha,
grekcha, ruscha so’zlar o’zlashgan qatlamni tashkil etadi.
O’zbek tilidagi o’zlashgan qatlamning asosini arab, fors-tojik, rus tillaridan o’tgan
so’zlar tashkil etadi.
Arabcha so’zlar: kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, san’at,
tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq, soat,
avlod, savol, sinf, millat, hikoya, maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag’rur, xafa.
Arabcha so’zlar diniy atamalar va turli soha nomlaridir. O’zbek xalqi vakillariga
qo’yiladigan ismlarning ko’pi arabcha. Arabcha so’zlar quyidagi xususiyatlarga
ega.
1. (v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so’zlar,asosan, arabcha: ma’no, ta’limot, na’ra,
sinf.
2. Arabcha so’zlar siniq ko’pligiga ega, ya’ni ko’plik so’z tarkibini o’zgartirish
bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor,ruh-arvoh, xulq-axloq,she’r-ash’or.
3. Arabcha so’zlarda o’zakdosh so’z tarkibidagi undoshlar yordamida hosil
qilinadi: hukm – hokim – hakam – mahkama – hokimiyat - mahkuma; fikr –
tafakkur -mutafakkir; kitob – maktab – kutubxona - maktub; sinf - tasnif; hurmat –
ehtirom –marhamat - muhtaram.
Do'stlaringiz bilan baham: |